Virtual qabulxona

+998 95 202-23-45 +998 95 302-23-45

info@fjsti.uz fmioz@mail.ru

ish vaqti:

Dush-Shan,9:00-17:00

Yangiliklar

Bosh sahifa

Yangiliklar

Xalqaro konferensiya

Farg'ona shahrida ilk marotaba “Dermatovenerologiya va dermatoonkopatologiyada diagnostika va davolashda yangi texnologiyalarni rivojlantirish istiqbollari” nomli II Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo’lib o’tdi.

  Ushbu anjuman I.Karimov nomidagi viloyat madaniyat va san’at saroyida Farg’ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti rektori tibbiyot fanlari doktori, professor Sidikov Akmal Abdikaharovich boshchiligida tashkil etildi. Konferensiyada Rossiya va Yevropa davlatlaridan tashrif buyurgan dermatologiya sohasining yetuk va malakali mutaxassislari o’z taqdimotlari bilan ishtirok etdilar. Yig’ilganlarga sohada olib borilayotgan o’zgarishlar, yangiliklar, tez va surunkali ravishda rivojlanib boruvchi kasalliklar va ularga sabab bo’luvchi omillar haqida ma’lumot berdilar. Shuningdek, teri kasalliklarni erta aniqlash va to’g’ri tashxislash borasida o’z tajribalarini o’rtoqlashdilar.

 Bugungi kunda iqlim o’zgarishi va ekologiyaning buzilishi oqibatida insonlar orasida turli kasalliklar, xususan teri kasalliklari ko’plab uchramoqda. Konferensiya mavzusi ham aynan shu masalalarga qaratildi. Dermatologiya klinik tibbiyotning bir sohasi bo’lib, teri kasalliklarini aniqlash, davolash va ularni oldini olish masalalarini o’rganadi. Dermatoonkopatologiya esa klinik tibbiyotning uchta ixtisosligini o’z ichiga olgan bo'lib, teri kasalliklari, patomorfologiya va teri o’smalarining diagnostikasi, davolash va oldini olish choralarini o'rganadi. Ushbu konferensiyada Farg’ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti bilan hamkorlikda faoliyat olib borayotgan barcha OTM vakillari ham onlayn tarzda ishtirok etdilar. Ma’lumot o’rnida mazkur ilmiy konferensiya dastlab 2021-yil Toshkent shahrida bo’lib o’tgan.