Xalqaro hamkorlik
Fargʻona jamoat salomatligi tibbiyot institutiga Hindistonning O'zbekistondagi elchisi Smita pant ji xonim tashrif buyurdi.
Fargʻona jamoat salomatligi tibbiyot institutiga Hindistonning Oʻzbekistondagi elchisi Smita Pant xonim tashrif buyurdi. Tashrif davomida elchi xonim institutda ta’lim olayotgan hindistonlik talabalar bilan uchrashib, ular bilan doʻstona va samimiy suhbatlar oʻtkazdi. Suhbat chogʻida ikki tomonlama hamkorlikning ahamiyatiga urgʻu berildi. Talabalar esa Oʻzbekistonda yaratilgan sharoitlar va oʻquv jarayonidan mamnuniyatlarini bildirgan holda oʻz fikr va mulohazalari bilan oʻrtoqlashdilar. Smita Pant xonim Fargʻona jamoat salomatligi tibbiyot institutidagi xorijlik talabalar uchun tashkil etilgan oʻquv va yashash sharoitlarini oʻrganib, institutning xalqaro standartlarga mos ravishda ta’lim berayotganiga yuqori baho berdi. Elchi xonim institutning moddiy-texnik bazasi, zamonaviy laboratoriyalar, talabalarning amaliyot oʻtashi uchun yaratilgan imkoniyatlar bilan yaqindan tanishib, bunday sharoitlar xorijlik talabalar uchun katta imkoniyat ekanini ta'kidladi.
Mehmonni Fargʻona jamoat salomatligi tibbiyot institutining rahbariyati va bir guruh mas'ullar tantanali ravishda kutib oldilar. Ular Smita Pant xonimni institutning faoliyati, o'quv jarayonining tashkil etilishi va xalqaro talabalar uchun maxsus dasturlar haqida batafsil ma’lumot berishdi. Uchrashuv davomida tomonlar Hindiston va Oʻzbekiston oʻrtasida tibbiyot ta’limi sohasidagi hamkorlikni mustahkamlash va kelajakda qoʻshma loyihalarni amalga oshirish masalalarini muhokama qilishdi.
Tashrif yakunida Smita Pant xonim Fargʻona jamoat salomatligi tibbiyot institutining xalqaro ta'lim va hamkorlikni rivojlantirish yoʻlida qoʻshayotgan hissasini yuqori baholadi hamda Hindistonning bu yoʻnalishda qoʻllab-quvvatlashi davom etishini qayd etdi.