Virtual qabulxona

+998 95 202-23-45 +998 95 302-23-45

info@fjsti.uz fmioz@mail.ru

ish vaqti:

Dush-Shan,9:00-17:00

Yangiliklar

Bosh sahifa

Yangiliklar

Xalqaro hamkorlik

Fargʻona jamoat salomatligi tibbiyot instituti sifatli tibbiy ta'lim sari dadil qadam tashlamoqda. Xalqaro aloqalarni mustahkamlash, tajriba almashish, istiqbolli rejalar ustida ishlash va innovatsion yangiliklar olib kirish bugun har bir soha uchun muhim ahamiyat kasb etmoqda. Fargʻona jamoat salomatligi tibbiyot instituti rektori, professor Akmal Sidikov boshchiligidagi delegatsiyamiz AQSHda xizmat safarida bo'lib qaytdi.  Tashrif davomida oliygohimiz mas'ullari bir qator uchrashuvlarda ishtirok etdi va Yevropalik ko'plab soha mutaxassislari bilan o'zaro tajriba almashib, AQSHning nufuzli Franklin universiteti bilan hamkorlik memorandumini ham imzolashga muvaffaq boʻldilar. 

AQSHning Franklin universiteti bilan imzolangan ushbu qoʻshma ta'lim dasturi “Hamshiralik ishi 1+1”, “Tibbiyotda axborot texnologiyalari 1+1”, “Sog‘liqni saqlash bo‘yicha doktorantura” yoʻnalishlarida sifatli tibbiy ta'limning salmogʻini oshirishga qaratilgan.AQSHda ishlash uchun hamshiralarni tayyorlash boʻyicha dasturning birinchi guruhi 2025-yil yanvar oyidan boshlanishi rejalashtirilgan. Shuningdek, ushbu kelishuvdan sog'liqni saqlashda boshqaruv, USMLE imtihonlariga tayyorgarlik ko'rish uchun qishki va yozgi kurslarni tashkil etish o'rin olgan.