Virtual qabulxona

+998 95 202-23-45 +998 95 302-23-45

info@fjsti.uz fmioz@mail.ru

ish vaqti:

Dush-Shan,9:00-17:00

Yangiliklar

Bosh sahifa

Yangiliklar

Xalqaro hamkorlik

BAAning Gulf tibbiyot universiteti vakillari oliygohimizga tashrif buyurdi. Xabaringiz bor, Gulf tibbiyot universiteti bilan hamkorlikda “Doctor of medicine” (terapiya) mutaxassisligi bo‘yicha 4 yillik magistratura qo‘shma ta’lim dasturi tashkil etilga edi. Unga muvofiq o‘quv jarayoniga xalqaro ta’lim standartlariga asoslangan ilg‘or pedagogik texnologiyalar, o‘quv dasturlari va o‘quv-uslubiy materiallarini keng joriy qilish, professor-o‘qituvchilar hamda talabalar o‘rtasida master-klasslar o‘tkazish, malaka oshirish kurslariga universitetdan yuqori malakali o‘qituvchilar, olimlarni faol jalb qilish koʻzda tutilgan. Bugun Fargʻona jamoat salomatligi tibbiyot institutiga Gulf tibbiyot universiteti vakillari Professor Hossam Hamdy hamda Vinod Abrahamlar tashrif buyurdi. Ularni oliygohimiz rektori, professor Akmal Sidikov kutib oldi.

Tashrif davomida mehmonlar oliygohimiz talabalari hamda professor-oʻqituvchilariga yaratilgan imkoniyatlar bilan tanishish qatorida simulyatsion markazimiz, o'quv auditoriyalar, talabalarimiz turar joylari, yangidan barpo etilgan o'quv binosini ko'zdan kechirdi.