Virtual qabulxona

+998 95 202-23-45 +998 95 302-23-45

info@fjsti.uz fmioz@mail.ru

ish vaqti:

Dush-Shan,9:00-17:00

Yangiliklar

Bosh sahifa

Yangiliklar

Xalqaro hamkorlik

O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi ishtirokidagi delegatsiya AQSHning nufuzli tibbiyot oliygohlariga tashrif buyurdi. Mazkur delegatsiya tarkibida, Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti rektori, professor A. Sidikov ham mazkur tashrifda ishtirok etmoqda. Tashrifning birinchi kunida Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti rektori, A.Sidikov AQSHning Sent Luis shaxrida joylashgan, qadimiy Vebster universitetiga tashrif buyurdi, tashrif davomida, mazkur universitet prezidenti, Yulian Shuster bilan tibbiyot sohasidagi o‘zaro almashinuv masalalari ko‘rib chiqild, muzokara davomida Farg‘ona viloyatida, universitetning filialini ochishga kelishuv imzolandi.  Tashrif davomida, Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti  rektori, A.Sidikov AQSHning Nebraska universiteti tibbiyot markazi (UNMC)ga ham  tashrif buyurib, AQShning Nebraska universiteti tibbiyot markazi vitse kansleri, Jeffri P. Gold, bilan hamkorlik yuzasidan uchrashuv tashkillandi va mazkur uchrashuv davomida: 

- Nebraska universiteti tibbiyot markazi rahbariyati bilan “Public Health” (Jamoat salomatligi) yo‘nalishida ikki tomonlama memorandum imzolash va hamkorlikda ilmiy- tadqiqot ishlarini olib borishga kelishildi. 

- Nebraska universiteti tibbiyot markazi rahbarining ilmiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari Кеnnet Bayles bilan olib borilgan muzokaralar natijasida,  Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot institutining 5 nafar professor – o‘qituvchilarini  ushbu tibbiyot markazida malakasini oshirish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

- Kelgusida Nebraska universiteti tibbiyot markazi hamkorligida  Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot institutida аkademik almashinuv dasturi, ilmiy loyihalarni amalga oshirish to‘grisida kelishib olindi.

 AQSHda bo‘lib turgan delegatsiyaning  tashrifida, ilm-fan tibbiyot yo‘nalishida o‘zaro ikki tomonlama akademik almashinuv va boshqa masalalarini ko‘rib chiqish jarayonlari davom etmoqda…

 FARG‘ONA JAMOAT SALOMATLIGI TIBBIYOT INSTITUTI