Virtual qabulxona

+998 95 202-23-45 +998 95 302-23-45

info@fjsti.uz fmioz@mail.ru

ish vaqti:

Dush-Shan,9:00-17:00

Yangiliklar

Bosh sahifa

Yangiliklar

Xalqaro hamkorlik

Turk delegatsiyasining Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot institutiga tashrifi: Yangi hamkorlik imkoniyatlari muhokama qilindi

Farg‘ona viloyatiga tashrif buyurgan Turk ishbilarmonlari va mutaxassislari tarkibidagi delegatsiya Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot institutida bo‘lib, ta’lim va sog‘liqni saqlash sohasidagi hamkorlik istiqbollari bo‘yicha muzokaralar o‘tkazdi. Delegatsiya tarkibida IAM-IST kompaniyasi rahbari Belgin Tanriverdi, NAM-IST kompaniyasi vakili Ug‘ur To‘q, Turkiya Sog‘liqni saqlash vazirligi mas’uli Bexlul Unver, Turkiya Yuksak Iqtisodiyot universiteti rektori Abdulbeshir Jeylan va NAM-IST kompaniyasi mas’uli Gulchin Gungoren ishtirok etdi.

Institutning prorektorlari va boshqa mas’ul xodimlari mehmonlarni iliq kutib olishdi. Tashrif davomida delegatsiya a’zolariga institutning zamonaviy "Oq uy" o‘quv binosi, innovatsion tibbiy laboratoriyalar, keng auditoriyalar, boy kutubxona va ma’naviyat-ma’rifat xonalari tanishtirildi. IAM-IST kompaniyasining rahbari Belgin Tanriverdi institutdagi sharoitlardan juda ta’sirlanib, shunday dedi:

“Ta’lim jarayonida bunday zamonaviy infratuzilma va texnologiyalar mavjudligi muvaffaqiyatni ta’minlashda muhim rol o‘ynaydi. Biz bunday yuqori darajadagi institut bilan hamkorlik qilishdan mamnunmiz va kelajakda innovatsion loyihalarni birgalikda amalga oshirishni orzu qilamiz,” — deya ta’kidladi u.

Tashrif davomida tomonlar ta’lim va sog‘liqni saqlash sohalarida qo‘shma loyihalar yaratish, talabalar va o‘qituvchilar almashinuvini yo‘lga qo‘yish, shuningdek, innovatsion texnologiyalarni joriy etish borasidagi takliflarni muhokama qildilar. Turkiya Yuksak Iqtisodiyot universiteti rektori Abdulbeshir Jeylan institut faoliyatini yuqori baholagan holda quyidagilarni ta’kidladi:

“Bizning universitetimiz va ushbu oliygoh o‘rtasida ilmiy tadqiqotlar, talabalar almashinuvi va o‘qituvchilar malakasini oshirish bo‘yicha dasturlarni amalga oshirishni rejalashtirmoqdamiz. Farg‘onadagi ta’lim muassasasi o‘z imkoniyatlari bilan mintaqada alohida o‘rin egallaydi.”

Muzokaralar davomida delegatsiya a’zolari kelajakdagi hamkorlik, ta’lim va sog‘liqni saqlash sohasidagi yangi imkoniyatlar va innovatsion loyihalar bo‘yicha fikr almashishdi.