Virtual qabulxona

+998 95 202-23-45 +998 95 302-23-45

info@fjsti.uz fmioz@mail.ru

ish vaqti:

Dush-Shan,9:00-17:00

Yangiliklar

Bosh sahifa

Yangiliklar

Xalqaro aloqalar

 

    Xalqaro aloqalar miqyosi kengaymoqda  Bugun Farg’ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti hamda Yaponiyaning Morinomiya tibbiyot universitetlari o’rtasida ochiq muloqot bo’lib o’tdi. Muloqot mobaynida har ikkala tibbiyot muassalari o’rtasida kelgusida amalga oshirilishi rejalashtirilgan hamkorlik faoliyati haqida qizg’in suhbat olib borildi. Shuningdek, Morinomiya tibbiyot universiteti rektori yurtimizdagi oliy o’quv yurtlari bilan tibbiyot sohasida hamkorlik ishlarini olib borishga qiziqayotganligini alohida ta’kidladi va mamnuniyat bilan o’zaro hamkorlik memorandum imzolanishini qo’llab-quvvatladi. Mazkur muloqotni o’tkazishdan ko’zlangan maqsad Morinomiya tibbiyot universiteti bilan har tomonlama hamkorlik aloqalarini yo’lga qo’yish, bu orqali esa professor-o’qituvchilarning malakasi va tajribasini oshirish va talabalarning bilim salohiyatini yuksaltirishga erishishdir. Ushbu muloqot O’zbekistonning Yaponiyadagi elchixonasi hamkorligida tashkil etildi. Morinomiya tibbiyot universiteti 1973-yilda tashkil etilgan xususiy universitet bo’lib Kansay mintaqasining eng yirik tibbiy ta’lim muassasalaridan biri hisoblanadi. Hozirda Morinomiya universiteti 667 tibbiyor muassasasi bilan malaka oshirish va tadqiqotlar o'tkazish bo'yicha hamkorlik aloqalarini o'rnatgan. Ya’ni mazkur universitetning xalqaro miqyosda tutgan o’rni beqiyosdir. Mamlakatimizda ta’lim sohasini rivojlantirishda yo’lga qo’yilayotgan keng islohotlar, xususan, xalqaro miqyosdagi hamkorlik aloqalarini izchillik bilan yo’lga qo’yilishi ta’lim sohasini jahon standartlariga mos ravishda rivojlanishida muhim omil sifatida qo’l keladi. Tibbiyot sohasida dunyoning yetakchi davlatlaridan biri hisoblangan Yaponiya mamlakati bilan ayni sohada hamkorlik ishlarini amalga oshirish kelgusida yurtimizda malakali va tajribali shifokor kadrlar salmog’ini oshiradi.