Virtual qabulxona

+99873243-06-62

fmioz@mail.ru

ish vaqti:

Dush-Shan,9:00-17:00

Yangiliklar

Bosh sahifa

Yangiliklar

Volontyor guruhlar

Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot institutida  talabalardan tashkil topgan volontyor guruhlar tomonidan amalga oshirilgan ishlar.

Fargʻona jamoat salomatligi tibbiyot institutida o'zbek milliy liboslarini targʻib qilish va ommalashtirish, zamonaviylik va milliylik uyg'unlashgan atlas hamda adras matolarimizni jamiyatimiz orasida e'tirof etish, qolaversa, insonlarda ushbu milliy matomizga bo'lgan faxr tuyg'ularini shakllantirish maqsadida "Xon atlas" festivali bo'lib o'tdi. Farg ‘ona jamoat salomatligi tibbiyot institutida   11-oktabr — Xalqaro qizlar kuniga bag'ishlangan tadbir o‘tkazildi. Yoshlar ittifoqi boshlang'ich tashkiloti yoshlar yetakchisi U.Sobitjonov  va faol talabalar tomonidan tashkil etilgan qiziqarli shartlar viktorina savollari tadbirga yanada ko‘tarinki ruh bag‘ishladi. Fargʻona jamoat salomatligi tibbiyot institutidagi faol talaba-qizlar ishtirokida "Oshpaz qizlar" mavzusida o'zbek milliy taomi hisoblanmish somsa tayyorlash musobaqasi boshlandi. Farg ‘ona jamoat salomatligi tibbiyot institutining faol valantyor yoshlari nuroniylarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, “Inson uchun eng kerakli narsa — e'tibor va mehr” shiori ostida  muntazam ravishda keksa va nuroniylar holidan habar olib kelishmoqda.