Vivariy markazida
Ilmiy laboratoriyamizda talabalar amaliy ko'nikmalar egallamoqda Institutimizning ilmiy laboratoriyasi nafaqat xalqimizga, balki talabalarimizning amaliy bilimlarini boyitish uchun ham xizmat qilib keladi. Fiziologiya kafedrasi assistenti tomonidan ushbu laboratoriyada o'quv-amaliy mashg'ulot o'tkazildi. Unda 2-bosqich talabalari "Qon olish texnikasi. Qon guruhlarini o'rganish" mavzusida o'z amaliy bilimlarini boyitib, zarur bo'lgan ma'lumotlarni o'zlashtirdilar. Mashg'ulot davomida talabalar o'zlarini qiziqtirgan savollariga to'laqonli javoblar olishdi.