Virtual borliqda tibbiy taʼlim
Fargʻona jamoat salomatligi tibbiyot institutida Fargʻona viloyati mahalliy byudjet mablagʻlari hisobidan moliyalashtirilgan “Virtual borliqda tibbiy taʼlim” loyihasi amalga oshirildi. Loyiha doirasida Loyiha tibbiyot oliygohi va tibbiy texnikumlarda taʼlim olayotgan talabalarning 3D virtual reallikda inson tana aʼzolarini ingliz, rus, lotin va oʻzbek tillarida oʻrganishga asoslangan. Fanlar 3D koʻzoynaklar yordamida oʻrganiladi va bu talabalarda bilim olishga boʻlgan qiziqishni yanada oshiradi. Statistik maʼlumotlarga koʻra, vizuallikka asoslangan fan oʻqitishning yodda qolish (eslab qolish) foizi 90 %ni tashkil qiladi. 3D koʻzoynaklar orqali koʻrish mumkin boʻlgan virtual reallikka asoslangan adabiyotlar dasturini yaratildi. Dasturda inson organlari 3D animatsion holatda ingliz-lotin-rus-oʻzbek tillarida yaratildi. Loyiha doirasida Tibbiy terminlar va aʼzolarning har bir asosiy qismlari haqida toʻliq maʼlumotlar beriladi. Loyiha hozirda Fargʻona Jamoat salomatligi tibbiyot institutida joriy qilindi hamda keyinchalik respublikamizning boshqa tibbiyot oliygoh va texnikumlari joriy qilinishi rejalashtirilgan.