Virtual qabulxona

+998 95 202-23-45 +998 95 302-23-45

info@fjsti.uz fmioz@mail.ru

ish vaqti:

Dush-Shan,9:00-17:00

Yangiliklar

Bosh sahifa

Yangiliklar

Vazir va talaba yoshlar uchrashuvi

“Mamlakatimizda har bir oily ta’lim maskani xalqaro maydonga aylanishi kerak, faqat rahbarga ko’p narsa bogliq, hohlasa qiladi. Yoshlarga imkon yaratish uchun avval, pedagoglarga imkoniyat yaratish kerak”   Amirillo Inoyatov.

O’zbekiston Respublikasi Sog’liqni saqlash vaziri Inoyatov Amirillo Shodiyevich  Farg’ona jamoat salomatligi tibbiyot institutiga tashrif buyurib, institutda yaratilgan imkoniyatlar bilan yaqindan tanishdi. Dastlab, Amirillo Inoyatov Anatomiya kafedrasida bo’ldi va professor-o’qituvchilar bilan suhbatlashdi. Suhbat davomida Anatomiya kafedrasi professori N.Y.Nishonovich,o’zining yangi chop etilgan ilmiy kitobini  Sog’liqni saqlash vaziriga taqdim etdi. Shundan so’ng institutda yangi tashkil etilgan smulatsion sentr bo’ylab sayohat uyishtirildi. Uyerdagi mutaxassisliklar kesimida  maxsus mulyajlar va zamonaviy texnik jihozlar bilan ta’minlangan xonalar mehmonlarga manzur bo’ldi.

Shundan so’ng institutning kichik majlislar zalida Institut rektori Sidikov Akmal Abdikaharovich  o’tgan bir yil davomida institutda amalga oshirilgan ishlar, qayta ta’mirlash ishlari, erishilgan yutuqlar va talabalar hamda pedagog kadrlarning ilmiy salohiyatini oshganligi nafaqat respublika balki dunyo miqyosida ham reyting darajasida yuqori o’sishlar bo’lganligi haqida qisqacha ma’lumotlar  berib o’tdi.

“Bugun 36 mln aholi bizdan boshqacha tibbiyotni kutyapdi, buni kim qiladi? Hozirda ta’lim olayotgan talabalar qiladi, ta’lim berayotgan o’qituvchilar qiladi…”-  Amirillo Inoyatov Tashrif yakunida Sog’liqni saqlash vaziri institut talabalari bilan uchrashib ular bilan ochiq muloqot o’tkazdi. Hozirda tibbiy ta’limni rivojlantirish, jahon tajribalarini o’zlashtirish va o’rgatishda nafaqat o’qituvchi balki talabalarning ham harakati, tanlagan kasbiga bo’lgan xurmat va sadoqati muhim rol o’ynashini  ta’kidladi.