Vazir Farg`ona jamoat salomatligi tibbiyot institutiga tashrif buyurdi
O'zbekiston Respublikasi Sog`liqni saqlash vaziri Behzod Anvarovich Musayev 19 yanvar 2022 yil kuni Farg'ona jamoat salomatligi tibbiyot institutiga tashrif buyurdi. Vazirni institut rektori Akmal Abdikaxarovich Sidikov kutib oldi. Vazir tashrif vaqtida institutning asosiy o`quv dargoxida ketayotgan katta xajmdagi qurilish ishlari bilan yaqindan tanishdi Institut rektori Akmal Abdikaharovich boshchiligida bir guruh ma'sullar oliy o'quv yurtining bir yillik faoliyati, hozirda institutda olib borilayotgan qayta ta'mirlash rekonstruksiya ishlari, shuningdek, institut ilmiy faoliyati, olib borilayotgan o'zgarishlar va kelgusida amalga oshirilishi rejalashtirilgan ishlar bilan tanishtirdi. Vazir institutdagi olib borilayotgan jarayonlar yuzasidan institut rektori Akmal Abdikaxarovichga o`zining kerakli ko`rsatmalari va takliflarini berdi.