Virtual qabulxona

+99873243-06-62

fmioz@mail.ru

ish vaqti:

Dush-Shan,9:00-17:00

Yangiliklar

Bosh sahifa

Yangiliklar

Vatan himoyasi - muqaddas burch

Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot institutida Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 32 yilligi va 14-yanvar — Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan “Vatan himoyasi — muqaddas burch” nomli madaniy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi. Unda faxriy jangchilar, Farg‘ona shahridagi harbiy qismlar xizmatchilari, professor-o‘qituvchilar va talaba-yoshlar ishtirok etdi.

Shundan so‘ng tadbir badiiy chiqishlarga ulanib, talabalarning kuy-qo‘shiq va raqslari bilan davom etdi. Jarayon davomida Vatanparvarlik ruhida tarbiyalashdagi xizmatlari uchun bir guruh fidoyi professor-o‘qituvchilar va xodimlar institut rahbariyati tomonidan munosib taqdirlandi.