Virtual qabulxona

+998 95 044-23-45 +998 95 048-23-45

info@fjsti.uz fmioz@mail.ru

ish vaqti:

Dush-Shan,9:00-17:00

Yangiliklar

Bosh sahifa

Yangiliklar

UI GreenMetric Jahon universitetlari reytingi 2025

Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot institutining “UI GreenMetric World University Rankings – 2025” dagi natijalari

2025-yil 6-dekabr kuni Indoneziyaning “UI GreenMetric” xalqaro reyting agentligi tomonidan oliy ta’lim muassasalarining global barqaror rivojlanish ko‘rsatkichlari bo‘yicha navbatdagi yil yakunlari e’lon qilindi. Mazkur reyting dunyoning barqaror rivojlanish tamoyillariga amal qiluvchi TOP-1000 ta universitetlarini 6 ta asosiy yo‘nalish – infratuzilma, energiya va iqlim o‘zgarishi, chiqindilarni boshqarish, suv resurslaridan foydalanish, transport tizimi, ta’lim va ilmiy tadqiqotlar bo‘yicha baholaydi.

Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti mazkur nufuzli reytingda ilk bor qatnashgan bo‘lishiga qaramay, 6210 ball to‘plab, dunyo bo‘yicha 700-o‘rinni egalladi. Ushbu natija institutning ekologik barqarorlik, yashil infratuzilma, energiya samaradorligi va ilmiy faoliyat yo‘nalishlarida olib borayotgan tizimli islohotlari xalqaro miqyosda e’tirof etilganidan dalolat beradi.

Reyting natijalariga ko‘ra, institut quyidagi yo‘nalishlarda yuqori ko‘rsatkichlarga ega bo‘ldi:

Setting & Infrastructure (Infratuzilma) — 860 ball

Energy & Climate Change (Energiya va iqlim) — 1400 ball

Waste Management (Chiqindilar) — 975 ball

Water Usage (Suv resurslari) — 562.5 ball

Transportation (Transport tizimi) — 1312.5 ball

Education & Research (Ta’lim va tadqiqotlar) — 1100 ball

Mazkur yutuq Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti tomonidan ekologik barqaror muhit yaratish, energiya tejamkor texnologiyalarni joriy etish, chiqindi va suv resurslarini boshqarishda innovatsion yondashuvlarni qo‘llash, hamda ilmiy-tadqiqot faoliyatini takomillashtirish borasida amalga oshirilayotgan islohotlarning natijasidir.

Shuningdek, institutning so‘nggi yillarda barqaror rivojlanish konsepsiyasiga asoslangan universitet sifatida shakllanishi, xalqaro hamkorlikni kengaytirish, ekologik madaniyatni oshirish va “yashil kampus” modeliga o‘tish yo‘lidagi faol ishtiroki reytingda yuqori o‘rin egallashiga imkon yaratdi.

Eslatma: Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti respublikadagi tibbiyot yo‘nalishidagi oliy ta’lim muassasalari orasida birinchi o‘rinni egallagan.

Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti 2025 yil UI GreenMetric reytingida:

Jahonning TOP-700 ta ekologik barqaror universitetlari qatoridan joy oldi

Osiyoda TOP-20 talik ro‘yxatiga kirdi

O‘zbekistonda yetakchi oliygohlardan biri sifatida qayd etildi.

Bu natija institutning ekologik barqarorlik, resurslarni tejamkor boshqarish, yashil ta’lim va zamonaviy atrof-muhit siyosatiga katta e’tibor qaratayotganini tasdiqlaydi.


Greenmetrics UI rating 2023