Virtual qabulxona

+998 95 202-23-45 +998 95 302-23-45

info@fjsti.uz fmioz@mail.ru

ish vaqti:

Dush-Shan,9:00-17:00

Yangiliklar

Bosh sahifa

Yangiliklar

Tibbiyot mohirlari

30-noyabr kuni Toshkent tibbiyot akademiyasida, bo’lajak shifokorlar o’rtasida  Amaliy ko'nikmalar bo'yicha II Xalqaro "Tibbiyot mohirlari" olimpiadasi o'tkazildi.  O'ziga xos tarzda tashkillangan mazkur olimpiadada Farg’ona jamoat salomatligi tibbiyot institutining 8 nafar talabalari faol ishtirok etdilar. 8ta seksiya bo’yicha o’tkazilgan olimpiadada o’z iqtidori va bilimiga tayangan holda, talabalarimiz faxrli o’rinlarni egalladilar. Jumladan Kamayeva Valeriya 2-o’rinni, Boltayev Samoyiddin, Roziqova Gulhayo, Mo'ysinjonov Jaloliddin va Umaraliyev Shohruhbeklar 3-o’rinni egallab g’oliblikni qo’lga kiritdilar. Bundan tashqari, Qodirova Ziyoda, Sharipova Zuhra va Burhonjonov Hasanjonlar turli nominatsiyalar bo’yicha g’olib deb topildilar.

Toshkent tibbiyot akademiyasida Amaliy ko'nikmalar bo'yicha II Xalqaro "Tibbiyot mohirlari" olimpiadasi o'tkazildi.  O'ziga xos tarzda o'tgan olimpiada tibbiyot mohirlarini kashf qildi. O'zaro hamjihatlikda, amaliy-ilmiy ko'nikmalarga boy bo'ldi. Seksiyalarning iqtidorli, bilimdon, amaliy ko'nikmalarga ega tibbiyot mohirlari, olimpiada g'oliblari aniqlandi.
Har bir seksiya  g'oliblari:
1-o'rin: PLANSHET 
2-o'rin: Tashqi xotira qurilmasi - HARD DISK
3-o'rin: Tashqi akkumulyator - POWER BANK

hamda diplom va esdalik sovg'alari bilan taqdirlandilar.