Tibbiy mavzuga oid rasmlar tanlovi
Pediatriya-1 kafedrasi Tibbiy mavzuga oid rasmlar tanlovini e'lon qiladi
2024-yil 10-dekabrgacha ishlarni qabul qilish!
Barcha talabalarni tibbiy mavzuga oid rasmlar tanlovida ishtirok etishga taklif qilamiz!
Tanlov uchun qo`l ijodi anatomik rasmlar va mikroskopik tasvirlardan tortib tibbiyotning ijodiy talqinlariga qadar har qanday uslub va texnikaga ochiq. Har kimni tibbiyot va fan olamiga ilhomlantirish va tanishtirish uchun aniqlik, go`zallik va ilmiy ahamiyatga ega bo'lish muhimdir.
Yo‘nalishlar:
Anatomik illyustratsiya
Kasalliklar va ularni davolash tasviri
Patologiya va mikrobiologiya
Tibbiyotga oid ramzlar
Ishtirokchilarga qo'yiladigan talablar:
A3 va A4 formatidagi qog`oz varaqlariga tushirilgan tasvirlar qabul qilinadi.
Sovrinlar va mukofotlar:
Birinchi o`rin-g'olib sertifikati, tibbiy adabiyotlar-2 ta kitob (tanlash uchun)
Ikkinchi va uchinchi o`rinlar sertifikat va tibbiy adabiyotlar!
Ishtirok etish uchun:
1. Telegramdagi @e_aww manziliga 2024-yil 1-dekabrgacha murojaat qiling
2. O‘z ishingizning asl nusxasini, tanlangan yo‘nalishining qisqacha ta`rifi va kontseptsiyasi bilan ishchi guruhga taqdim eting. (Farg`ona viloyat Bolalar ko`p tarmoqli tibbiyot markazi, Pediatriya-1 kafedrasi, katta o`qituvchi Axmedova Y.A.ga)
Asarlar ilmiy aniqligi, badiiy sifati va o'ziga xosligi bo'yicha baholanadi.
Savollar bo`lsa bizga tg «@e_aww»ga yozing.
Tibbiyotdagi san‘at olamiga kiring! Ilm-fanning yangi qirralarini hamma uchun kashf eting va tibbiy san'at olamida o'z izingizni qoldiring!