Texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarni Farg'ona jamoat salomatligi tibbiyot institutiga qabul qilish uchun suhbat jarayonlari 17 va 18-avgust kunlari o'tkaziladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 11-yanvardagi 17-sonli qarorida texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilar Oliy ta'lim muassasalarining bakalavriat ta'lim yo'nalishlariga suhbat asosida qabul qilinishi belgilangan.
Suhbat jarayonlari 2026-yilning 17,18-avgust kunlari ilovadagi vaqtlarda boshlanadi.
Texnikum bitiruvchilarini institutga yakka tartibdagi suhbat asosida qabul qilish bo‘yicha baholash mezoni hamda savollar to‘plami ishlab chiqilgan va imtihon ma'lum me'yorlar asosida o'tkaziladi.
Qadrli texnikum bitiruvchilari, suhbat jarayonlariga belgilangan vaqtdan 30 daqiqa avval shaxsingizni tasdiqlovchi hujjat bilan birga kelishingizni so'raymiz!


Русский
English