Tayanch Doktorantura
Hurmatli ilmiy tadqiqotchilar Farg’ona jamoat salomatligi tibbiyot institutiga Gigiena yo’nalishi bo’yicha tayanch doktoranturaga -2 ta o’rin, Xirurgiya -1 ta o’rin ajratilgan. Tayanch doktorantura — falsafa doktori (Doctor of Philosophy (PhD) ilmiy darajasiga da’vogar izlanuvchilar uchun ishlab chiqarishdan ajralgan holda tashkil etiladigan oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar ixtisosligi bo’yicha oliy ta’limdan keyingi ta’lim shakli. Oliy ta’limdan keyingi ta’lim institutiga qabul qilinayotgan magistr yoxud klinik ordinaturaga (tibbiyot fanlari uchun) yoki mutaxassislik dasturlari bo’yicha (1997 yilgacha) olingan oliy ma’lumot to’g’risidagi diplomga ega bo’lish, fan nomzodi, falsafa doktori (PhD) yoki unga tenglashtirilgan xorijiy mamlakatlarda ilmiy darajaga ega bo’lganlar mutaxassisligi oliy ta’limdan keyingi ta’lim ixtisosligi tegishli bo’lgan fan sohasiga muvofiq bo’lishi shart. Da’vogarlar 15 oktyabrga qadar oliy ta’limdan keyingi ta’limni muvofiqlashtirishning yagona elektron tizimi minninnovation.uz. da ro’yxatdan o’tishlari shart