Tashrif tafsilotlari
Xabaringiz bor institut rektori boshchiligidagi delegatsiya Kuban davlat tibbiyot universitetida bo`lib qaytgan. U yerdagi yaratilgan tibbiyot mutaxassislari uchun yaratilgan sharoitlar yuzasidan video lavha tayyorlangan. Kuban davlat tibbiyot universiteti rektori Sergey Nikolaevich 100 yillik tarixga ega universitetni barcha sharoitlari morfologik markaz, anatomiya sektori makropreparatlarni tayyorlash markazlari bilan tanishtirdi. Kuban davlat tibbiyot universitetining uchinchi kuni universitet rektori Sergey Nikolayevich, institut delegatsiyasini universitetda judda chiroyli tarixiy ta`mirlash ishlari olib borilayotgan universitet hududlarini, qurilishga qaramay faoliyat olib borayotgan morfologik va anatomiya seksiyalari faoliyati bilan tanishtirdi. Eslatib o`tish joizki u yerdagi ko`rilgan tibbiyot jihozlardan yuqori va yangi ko`rinishga ega bo`lgan tibbiyot jihozlari Farg`ona jamoat salomatligi tibbiyot institutiga xarid qilinib, navbat bilan olib kelinib, hozirda institut kafedralariga o`rnatish loyihalari ketmoqda. Bu talabalar uchun yangi o`quv yiliga esdalik sovg`asi bo`ladi. Tashrif chog`ining 4 kuni institut rektori Akmal Abdikaxarovich Kuban davlat tibbiyot universitetining dermatovenerologiya va kosmetologiya kafedrasiga tashrif buyurdi. Ushbu kafedra professori Tlish Marina Aleksandra institut vakillarini ko`tarinki ruxda kutib oldi, tashrifda kafedra tarixi, o‘qituvchilari va talabalari bilan tanishtirdi. tashrif vaqtida universitet professorlari bilan ko`tarinki suxbat olib borildi, uchrashuv davomida universitetining dermatovenerologiya va kosmetologiya kafedrasiga rektor A.Sidikov muallifning xohish-istaklari bilan "Dermatoonkopatologiya" kitobimini taqdim etdi eslatib o`tish kerakki muallif kitobining so`nggi nusxadagi kitobi ushbu universitetga tarixiy esdalik sifatida topshirildi.
Batafsil ma`lumot: https://t.me/ferghana_medical_institute
Batafsil ma`lumot: https://t.me/ferghana_medical_institute
Batafsil ma`lumot: https://t.me/ferghana_medical_institute