Virtual qabulxona

+998 95 202-23-45 +998 95 302-23-45

info@fjsti.uz fmioz@mail.ru

ish vaqti:

Dush-Shan,9:00-17:00

Yangiliklar

Bosh sahifa

Yangiliklar

Tashrif

Gulf tibbiyot universiteti konsleri, professor Hossam Hamdy hamda Xalqaro aloqalar bo'limi boshligʻi Vinod Abrahamlar boshchiligidagi delegatsiya vakillari Fargʻona jamoat salomatligi tibbiyot institutiga tashrifining ikkinchi kunida oliygohimizning klinik o'quv bazalarini ko'zdan kechirib, u yerdagi sharoitlar, moddiy-texnik baza, ilmiy-tadqiqot ishlari, jarrohlik amaliyotlari bilan yaqindan tanishdi. Kunning ikkinchi yarmida esa professor Hossam Hamdy tomonidan oliygohimiz professor-oʻqituvchilari hamda administratsiyasi xodimlariga tibbiyot oliygohlarida menejment va uni boshqarish, yangi tashkil etilayotgan magistratura qoʻshma ta'lim dasturi hamda uning afzalliklari haqida ma'lumot berilib, kelgusida bajarilishi lozim boʻlgan aniq rejalar muhokama qilindi. Shundan so'ng, ushbu yangi qo'shma ta'lim dasturini amaliyotga joriy etish bo'yicha ikki oliygoh vakillari o'rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.