Virtual qabulxona

+998 95 202-23-45 +998 95 302-23-45

info@fjsti.uz fmioz@mail.ru

ish vaqti:

Dush-Shan,9:00-17:00

Yangiliklar

Bosh sahifa

Yangiliklar

Tashrif

Sogʻliqni saqlash vaziri Fargʻona jamoat salomatligi tibbiyot institutida kengaytirilgan yigʻilish oʻtkazdi. Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti majlislar zalida Sog‘liqni saqlash vaziri vazifasini bajaruvchi Asilbek Xudayarov ishtirokida ishchi guruh tomonidan Farg‘ona viloyatida o‘tkazilgan o‘rganishlar natijalari tanqidiy muhokama qilindi.Unda shahar va tuman davolash muassasalari xodim va rahbarlari, ularning o‘rinbosarlari, videokonferensaloqa orqali esa hududlar rahbarlari qatnashdi. Yig‘ilishda Sog‘liqni saqlash vaziri viloyatda amalga oshirilgan ishlar bilan bir qatorda, sohada qilinishi lozim bo‘lgan qator vazifalar hamda o‘z yechimini kutayotgan ayrim muammolar va kamchiliklar ham mavjudligini qayd etdi. Masalan, joylarda prezident va Sog‘liqni saqlash vazirligi topshiriqlari yetarlicha bajarilmayotgani, birlamchi tizim mas’ullari uyma-uy yurib, aholi bilan muloqot qilish, xatlovdan o‘tkazish bo‘yicha ishlar talab darajasida tashkil etilmayotgani, tizimda korrupsiya holatlari chuqurlashib ketganini ta’kidlab o‘tdi. Korrupsion holatlarga aralashgan shaxslarga nisbatan qat’iy jazo tayinlayman, deydi Asilbek Xudayarov.

Shuningdek, bundan keyin vazirlik tomonidan tarqatiladigan asbob-uskunalar ehtiyojmand, zarur tibbiyot muassasalariga beriladi. Muloqot davomida, ayrim muassasalarda yangi keltirilgan tibbiy jihozlardan foydalanmayotgani, ba‘zi poliklinikalarda bepul dori-darmonlar yetishmayotgani, muddati o‘tgan dori vositalari aniqlangani tanqid qilindi. Endi to‘g‘ridan-to‘g‘ri tuman hokimi bilan suhbatlashib, sohadagi kamchiliklarni o‘zim o‘rganaman. Kabinetda kam o‘tiraman, deydi Xudayarov. Yig‘ilishda yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarni bartaraf etish va kelgusi ishlarni jadallashtirish bo‘yicha choralar belgilab olindi. Yakunda tadbirga taklif etilgan samarali mehnat faoliyati bilan el-yurt orasida hurmat qozongan 25 nafar tibbiyot xodimlari O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining tashakkurnomasi va qimmatbaho sovg‘asi bilan taqdirlandi.