Virtual qabulxona

+99873243-06-62

fmioz@mail.ru

ish vaqti:

Dush-Shan,9:00-17:00

Yangiliklar

Bosh sahifa

Yangiliklar

Tashrif

Hindiston delegatsiya a’zolari Farg’ona jamoat salomatligi tibbiyot institutida bo’ldilar Avval xabar berganimizdek, yangi o’quv yilida institutga yana 50 nafar hind yoshlari ta’lim olish uchun keldilar. Ular bilan tanishish va o’quv jarayonida yaratilgan qulayliklarni o’rganish maqsadida, Hindistonning o’zbekistondagi elchixona vakillari institutga tashrif buyurdi. Mehmonlar o’zbekona urf-odatimizga ko’ra karnay-surnay sadolari ostida kutib olindi, milliy libosdagi talabala qizlar ularni non, tuz va shirinliklar bilan qarshi oldilar. Shundan so’ng deligatsiya a’zolari uchun institut  bo’ylab sayohat tashkil etildi. Elchixona vakillari institutda yangi foydalanish uchun topshirilgan simuliyatsion markaz, vivari va labaratoriyalar, shuningdek, talabalarning amaliy va nazariy bilimini oshirishda muhim omil hisoblangan tibbiy texnologiyalar va tibbiy jihozlar bilan tanishdilar.

Tashrifning yakunida mehmonlar hamda talaba-yoshlar uchun badiiy dastur taqdim etildi. Tadbir, hind xalqiga xurmat tariqasida Hindiston Davlat Madhiyasi bilan boshlandi. Shundan so’ng talabalar tomonidan tayyorlangan badiiy chiqishlar sho’x kuy-qo’shiqlar tomoshabinlarga havola qilindi. Tadbirda, nafaqat hind shu bilan birga, o’zbek milliy kuy-qo’shiqlari ham yangradi. Jajji qizaloqlar tomonidan ijro etilgan o’zimizning milliy, jozibador raqslar barchaga xushnudlik bag’ishladi. So’zga chiqqan deligatsiya a’zolari institutdagi talabalar uchun yaratilgan erkin muhit va qulay sharoitlar haqida mamnuniyat bilan so’zladilar. Kelgusida ushbu hamkorlik yanada kengayishi hamda davlatlar aro o’zaro do’stlik aloqalari yanada kengayishida tilakdosh bo’ldilar