Taqdirlash
Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti o‘qituvchilari bayram munosabati bilan taqdirlandilar 1 oktyabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni bayrami munosabati bilan Sog‘liqni saqlash vazirligi tizimidagi oliy va o‘rta maxsus o‘quv yurtlarida ta’lim tizimini xalqaro standartlar asosida rivojlantirish, sohaga doir islohotlarni muvaffaqiyatli amalga oshirish, o‘quv-tarbiya jarayoniga milliy va ilg‘or xorijiy tajribalar, innovatsion pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish ishlariga qo‘shgan munosib hissasi uchun bir guruh mutaxassislar “O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash a’lochisi" ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi. Jumladan, Sog`liqni saqlash vazirligining tegishli buyrug‘i bilan tasdiqlangan ro‘yxatdan institutning quyidagi pedagog mutaxassislar o‘rin olgan;
- Iminaxunova Iroda Xuseyinovna — Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti “O‘zbek tili va xorijiy tillar” kafedrasi mudiri;
- Nishanov YUsibjon — Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti professori;
- Qoraboev Muxammadjon Qoraboevich — Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti professori.