Virtual qabulxona

+99873243-06-62

info@jcpmfjsti.uz fmioz@mail.ru

ish vaqti:

Dush-Shan,9:00-17:00

Yangiliklar

Bosh sahifa

Yangiliklar

Taqdirlash

 

 

Farg'ona jamoat salomatligi tibbiyot institutida Tibbiyot hodimlari kuni tantanali tarzda nishonlandi. Tadbir, Davolash ishi fakulteti tomonidan, talabalar ishtirokida tashkil etildi. Dastlab, institut rektori, tibbiyot fanlari doktori, professor Sidikov Akmal Abdikaharovich so'zga chiqib, barcha professor-o'qituvchilar, ilmiy hodimlar hamda institut jamoasi va talabalarini bayram munosabati bilan samimiy tabrikladi. Tadbir davlatimiz madhiyasi bilan boshlandi. Milliy raqslar va sho'x kuy-qoshiqlar davraga o'zi xos ko'tarinlik va kayfiyat ulashdi. Shu jarayonda, Sidikov Akmal Abdikaharovich boshchiligida taqdirlash marosimi o'tkazildi. Unda, institut rektori, kunikecha Samarqand viloyatida o'tkazilgan, sog'liqni saqlash sohasi vakillarini taqdirlash marosimida, yurtboshimiz e'tirofiga sazovor bo'lgan professor-o'qituvchilarmizni yana bir bor erishgan yutuqlari bilan qutladi. Shu bilan birga, institutimizda faoliyat olib borayotgan, ilmiy izlanishlari, tajribasi va faolligi bilan boshqalarga o'rnak bo'lib kelayotgan 10dan ortiq pedagoglar va yosh kadrlarni tashakkurnomalar hamda eng kam ish haqqining besh barobari miqdoridagi pul mukofotlari bilan taqdirladi.