Talabalikka bag`ishlov
Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti talabalari qasamyod qabul qildi Shifokorlik — sharafli va ayni damda o‘ta mas’uliyatli kasb. Bu zahmatli faoliyatga umrini baxshida etmoqchi bo‘lgan yoshlar kelgusida nafaqat egnidagi oq libosi, balki qalbiga ham gard yuqtirmasliklari lozim. Bemorlarga o‘z jon-jigarlari, yaqinlaridek munosabatda bo‘lish uchun esa, avvalo, pokiza niyat, olijanob maqsad va qat’iy ahd zarur! Tibbiyot oliy o‘quv yurtlari talabalarining qasamyodi shunisi bilan ahamiyatli. Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot institutni ochilish tadbirida institutning 1-bosqichiga qabul qilingan yigit-qizlar ishtirokida "Talabalikka bag‘ishlov" tadbiri bo‘lib o‘tdi. Aytish kerakki, har o‘quv yilida bo‘ladigan ushbu an’anaviy marosimda ta’lim muassasasining 1-bosqichiga qadam qo‘ygan talabalar tantanali ravishda qasamyod qildilar. Bu yil ham institut talabalari safiga qo‘shilgan o‘g‘il-qiz o‘z qasamyodi orqali teran bilim olib, shifokorlik kasbini mukammal egallash va kelgusida xalqimizga vijdonan xizmat qilishni dillariga tukkan bo‘lsa, ajab emas.