Virtual qabulxona

+99873243-06-62

fmioz@mail.ru

ish vaqti:

Dush-Shan,9:00-17:00

Yangiliklar

Bosh sahifa

Yangiliklar

Talabalar turar joyi

Fargʻona jamoat salomatligi tibbiyot institutining 3-sonli yangi talabalar turar joyi foydalanishga topshirildi.

Ta’kidlash joizki, 344 o‘rinli yangi Talabalar turar joyi zamonaviy talablar asosida bunyod etilgan bo‘lib, unda yaratilgan shart-sharoitlar, xonalarning jihozlanishi zamonaviy uch yulduzli mehmonxonalar uchun o‘rnatilgan talablarga mos ravishda amalga oshirilgan.

Xususan, Talabalar turar joyida muntazam ravishda bepul internet aloqasi – “wi-fi” o‘rnatilgan. Bundan tashqari, talabalar uchun maxsus IT-park faoliyati yo‘lga qo‘yilgan. Ushbu IT-park talabalarning zamonaviy axborot texnologiyalarini mukammal o‘zlashtirishi va ularni kelajakda o‘z faoliyatida uzluksiz qo‘llay olishi uchun imkoniyat yaratishga xizmat qiladi.

Talabalar turar joyida yigit-qizlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etishga ham alohida e’tibor qaratilgan. Maxsus kutubxona, “Ma’naviyat va ma’rifat” xonasi talabalarning darsdan bo‘sh vaqtlarida o‘z ustida muntazam ravishda ishlashi uchun qulaylik yaratadi.