Virtual qabulxona

+99873243-06-62

fmioz@mail.ru

ish vaqti:

Dush-Shan,9:00-17:00

Yangiliklar

Bosh sahifa

Yangiliklar

Talabalar qasamyodi-2023

Fargʻona jamoat salomatligi tibbiyot institutining ilk bosqich talabalari shifokorlik qasamyodini qabul qildi.Tantanali marosim Islom Karimov nomidagi san'at saroyida bo'lib o'tdi. Tadbirda ommaviy axborot vositalari vakillari, jurnalist va bloggerlar, institutimiz jamoasi, talaba-yoshlar hamda ularning ota-onalari ishtirok etdi. Dastlab o'zbek, rus va ingliz tilidagi boshlovchilar nutqidan so'ng O'zbekiston respublikasi davlat madhiyasi yangradi.Tantanali qasamyod marosimini ochib berish uchun so'z institutimiz rektori, professor Akmal Sidikovga berildi. Professor Akmal Sidikov o'z nutqi avvalida ilk bosqichda ta'lim olishni boshlagan talabalarimizga " Sizlar mening hamkasblarimsiz...", — deya murojaat qildi. Rektor barcha qasmyod qabul qilish uchun yig'ilgan talaba-yoshlarni chin dildan samimiy qutladi va talabalik yillaridagi eng yorqin xotiralarini, tibbiyot yo'lida bosib o'tgan marralarini ular bilan baham ko'rib, ulkan motivatsiya berdi.

Marosim davomida Professor Akmal Sidikov institutimiz Xalqaro fakultetning namunali, bilimga chanqoq  xorijiy talabalarini MAXSUS SERTIFIKATLAR bilan taqdirladi! 

Shu bilan birgalikda oliygohimiz rektori 2023-yilda REKTOR STIPENDIYASINI qo'lga kiritgan talaba-yoshlarimizga REKTOR GUVOHNOMALAR taqdim etdi.