Talabalar amaliyoti
Davolash ishi fakulteti 4-bosqich talabalari sun'iy qon tozalash apparati (gemodializ) yordamida surunkali buyrak kasalligining terminal bosqichi davrida bo’lgan bemorlarni apparatga ulash va undan uzish, apparat bilan ishlash jarayoni hamda bemorlarni intensiv kuzatish amaliyotida bevosita ishtirok etmoqda. Amaliyot Terapiya yo'nalishidagi fanlar kafedrasi assistenti, kardiolog Azizxon Xashimov tomonidan olib borildi va unda talabalarga nefrologik terapiya, ichki kasalliklar hamda ularni davolashda zamonaviy usullar, gemodializ jarayoni ko’rsatib berildi.
Shu bilan birga davolanayotgan bemorlarni gemodializ apparatiga ulash, katetorlarni o’rnatish, arteriovenoz fistula bilan ishlash, apparat yordamida kerakli dorilarni yuborish, qonni tozalashni nazorat qilish kabi amaliyotlar ustozlar nazoratida talabalarimiz tomonidan amalga oshirildi.