Virtual qabulxona

+998 95 202-23-45 +998 95 302-23-45

info@fjsti.uz fmioz@mail.ru

ish vaqti:

Dush-Shan,9:00-17:00

Yangiliklar

Bosh sahifa

Yangiliklar

Talabalar amaliyot jarayonida

Talabalarimiz yurak organi bilan bevosita tanishdilar

Farg'ona viloyat ko'p tarmoqli tibbiyot markazida institutimizning Davolash ishi fakulteti 4 va 5-bosqich talabalari uchun Terapiya yo'nalishidagi fanlar kafedrasi assistenti, vrach-kardiolog hamda kardioxirurg Xashimov Azizxon Alisherovich tomonidan "Yurak anatomiyasini mukammal o'rganish va kardioxirurgiya asoslari" mavzusida akademik soat o'tkazildi. Ushbu mahorat darsida talabalarimiz inson yuragi tuzilishiga eng yaqin bo'lgan qo'y yuragini mustaqil ravishda xirurgik usullar orqali o'rgandilar.  Jumladan, yurak muskul qavatlari, mitral, aortal, trikuspidal klapanlar, so'rgichsimon muskullar, yurak o'tkazuv sistemasi, sinus va AV tugunlar anatomiyasi, kichik va katta qon aylanish sistemasi, koronar-tomirlar tuzilishi va joylashuvini o'z ko'zlari bilan ko'rib, bevosita tanishdilar. Dars davomida talaba-yoshlar o'zlarini qiziqtirgan ko'plab savollariga javob olishib, amaliy bilimlarni yanada mustahkamladilar.