Virtual qabulxona

+998 95 202-23-45 +998 95 302-23-45

info@fjsti.uz fmioz@mail.ru

ish vaqti:

Dush-Shan,9:00-17:00

Yangiliklar

Bosh sahifa

Yangiliklar

Talabalar amaliyot darslarida

Fargʻona jamoat salomatligi tibbiyot institutining Ovqatlanish, bolalar va o'smirlar gigiyenasi kafedrasi assistenti Kamila Saydullayeva rahbarligida talabalar uchun muhim mavzuda amaliy dars tashkil etildi. Ushbu darsda non va non mahsulotlarini gigiyenik ekspertizadan o'tkazish mavzusi chuqur o‘rganildi.Amaliy dars jarayonida talabalarga oziq-ovqat xavfsizligi va sifatini ta'minlashda gigiyenik normalarga rioya qilishning ahamiyati tushuntirildi. Non mahsulotlari tibbiy gigiyenaning asosiy obyektlaridan biri bo'lib, ularning tayyorlanishi, saqlanishi va iste'molga yaroqliligini to'g'ri baholash sog'liq uchun beqiyos ahamiyatga ega. Talabalar mahsulotlarni mikrobiologik, organoleptik va fizik-kimyoviy jihatdan tekshirish, ularni tibbiy-texnik me'yorlarga muvofiqligini aniqlash bo'yicha zarur ko'nikmalarni o‘zlashtirishdi. Dars davomida mahsulotlar gigiyenik me'yorlarga mos kelishi, ularni tayyorlash va saqlashda aniqlangan kamchiliklar aholi sog'ligiga qanday salbiy ta'sir ko'rsatishi haqida batafsil ma'lumot berildi. Shuningdek, non mahsulotlarini iste'mol qilishda xavfsizlikni ta'minlash borasidagi xalqaro standartlar ham muhokama qilindi. Bu kabi amaliy darslar nafaqat talabalar bilimini boyitadi, balki ularning kelajakdagi tibbiy faoliyatida gigiyenik ekspertiza bo'yicha yuqori darajadagi mutaxassis bo'lib yetishishiga zamin yaratadi.