Taklifnoma
Hurmatli talabalar, aziz ota-onalar, shaxrimiz mexmonlari! Farg'ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti Siz va sizning yaqinlaringizga o`zining chuqur hurmat va extiromini bildiradi. Ushbu orqali siz va yaqinlaringizni Farg'ona jamoat salomatligi tibbiyot institutining yangi o'quv binosining ochilish tantanasida ishtirok etishga lutfan taklif qilamiz! Eslatib o'tish joizki: Farg'ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti 2020 yil 3-dekabrda Ozbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-4911 sonli qarori bilan tashkil etilgan. Hozirda institutda 4 ta fakultet, 33 ta kafedra mavjud bolib, 267 nafardan ziyod professor-o'qituvchilar ilmiy faoliyat olib bormoqda.