Tafsilot
Xabar berilganidek, 2022 yil 07-sentyabr kuni Fargona jamoat salomatligi tibbiyot institutida Sog‘liqni saqlash vazirligi, Oliy majlis qonunchilik palatasi, Farg`ona viloyati hokimligi, Ta`lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasidan mas`ul vakillar ishtirokida yig`ilish o`tkazilgan. Yig`ilish davomida Sog‘liqni saqlash vazirining Fan va ta’lim boshqarmasi raxbari (mutaxassisi) Ismailov Uktam Safayevich va Oliy majlis qonunchilik palatasi spikeri o`rinbosari Odiljon Tojiyev hamda institut rektori professro A.Sidikovlar ishtirokida FJSTI q`oshma dasturi asosida taxsil olgan va Kuban davlar tibbiyot universitetidan qaytgan talabalar hamda ularning ota-onalari bilan ochiq muloqot bo`lib o`tdi. Ochiq muloqotda talabalar va ota-onalarni qiziqtirgan masalalar yuzasidan Oliy majlis qonunchilik palatasi spikeri Odiljon Tojiyev suxbat olib bordi va ota-onalarni o`ylantirgan savollarga javob berib o`tdi. Ushbu mas`ullar ishtirokida o`tkazilgan yig`ilish yakuni bo`iycha talabalar qo`shma dastur asosida ta’lim olishlari uchun Davolash ishi yo`nalishi bo`yicha 4+1, Stomatologiya yo`nalishi bo`yicha 3.5+1.5 qo`shma dasturi asosida kelgusida Kursk davlat tibbiyot universitetida ta’lim olishlariga kelishib olindi.