Virtual qabulxona

+998 95 202-23-45 +998 95 302-23-45

info@fjsti.uz fmioz@mail.ru

ish vaqti:

Dush-Shan,9:00-17:00

Yangiliklar

Bosh sahifa

Yangiliklar

Stomatolog-talabalar maktablarda

Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti Pediatriya fakulteti Stomatologiya yo‘nalishi 2-bosqich 6523-6423 guruhlar va kafedra assistenti Z.Madraximovalar tomonidan Farg‘ona shahar 42-umumta’lim maktabi 96 nafar 1-sinf o‘quvchilari o‘rtasida “SOG‘LOM TISHLAR — SOG'LOM HAYOT GAROVI!” mavzusidagi tadbir tashkillandi.

Bolalar salomatligi holati nafaqat bugungi kunda, balki jamiyat va davlatning kelajakdagi farovonligining muhim ko'rsatkichidir. Shu bois, bolaning sog'lig'ida yuzaga keladigan har qanday og'ishlarning to'g'ri yo'lga qo'yilishi va profilaktik tekshiruvlarni hamda tadbirlarni ahamiyati katta.

Tadbirda asosan talabalar sog‘lom ovqatlanish, shaxsiy gigiyena qoidalari, tishlarni parvarish qilish hamda o‘z vaqtida tibbiy ko‘rikdan o‘tishlari kerakligi haqida ma’lumot berdilar. Bolalar orasida gingivit (milk yallig‘lanishi, og‘iz bo‘shlig‘ida qizarish, milklarda shish paydo bo‘lishi, og‘izdan yoqimsiz hid kelishi, milklarning qonashi), stomatit (og‘iz bo‘shlig‘i yallig‘lanishi), parodontit, parodontoz (tishlarni qimirlashi, milk yallig‘lanishining kuchayishi) kabi tish kasalliklari ko‘p uchraydi. Ushbu kasalliklar nafaqat bolalarda, balki kattalarda ham kuzatiladi. Xastalikning oldini olish uchun, avvalo kalsiyga boy vitaminli mahsulotlar, jumladan, baliq, pishloq, sut mahsulotlari, olma, sabzi, shivit kabi meva va sabzavotlar, ko‘katlarni iste’mol qilish zarur. Ko‘p shirinlik iste’mol qilish ham xastalikka zamin yaratadi.

Tadbir davomida tishning anatomik tuzilishini talabalar tomonidan chizib ko‘rsatildi va o‘quvchilar ham rasm chizib berishdi. SHundan so‘ng ularni e’tiboriga tishlarni qanday qilib kariyesga uchrashi to‘g‘risida animatsion film namoyish qilindi. Talabalar to‘g‘ri tish yuvish texnikasini ko‘rsatib berishdi va o‘quvchilar ham bajarishdi. Tadbir davomida talabalar o‘quvchi yoshlarni tishlarini ko‘rikdan o‘tkazishdi. Tadbir so‘ngida barcha o‘quvchlarga sovg‘alar ulashildi va tadbirda faol ishtirok etgan o‘quvchlarga faxriy yorliqlar berildi.Tadbirdan ko‘zlangan asosiy maqsad, bolalar o‘rtasida tibbiy va gigiyenik ongni rivojlantirish, sog‘lom turmush tarzini tar‘ib qilish, sog‘lom ovqatlanish haqida bilimlarni targ‘ib qilishdir. Biz umid qilamizki talabalar tomonidan tashkillangan tadbir bolajonlar uchun judaham foydali bo‘ldi. Bunday tadbirlarni ko‘proq o‘tkazish bolalar salomatligini saqlashda xizmat qiladi.