Stajor-tadqiqotchilik, Tayanch doktarantura
FARG‘ONA JAMOAT SALOMATLIGI TIBBIYOT INSTITUTI STAJOR-TADQIQOTCHILIK, TAYANCH DOKTORANTURA (PHD) VA DOKTORANTURA (DSC)GA HUJJAT QABUL QILISH BOSHLANGANINI E'LON QILADI
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 22 maydagi 304-son qarori va O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2024-yil 21-avgustdagi 319-sonli buyrugiga muvofiq Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti stajor-tadqiqotchilik, tayanch doktorantura (PhD) va doktorantura (DSc) ga hujjatlar qabul qilinishini e’lon qiladi.
Shu munosabat bilan har bir talabgor:
1. 2024 yil 15 sentyabrdan 15 oktyabrgacha https://daraja.ilmiy.uz saytida ro‘yxatdan o‘tishi lozim.
2. Doktoranturaga (PhD) talabgorlar quyidagi hujjatlarni qabul komissiyasiga taqdim etadilar:
•Ariza;
• obyektivka;
•mehnat daftarchasining belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxasi;
•magistr/klinik resident/PhD diplomining nusxasi;
•3.4-shakl - nashr etilgan ilmiy ishlar ro'yxati, shuningdek ularning nusxalari (kamida 1 maqola va 2 tezis);
• pasport nusxasi;
• xorijiy tilni bilish sertifikat
3. Kirish imtihonlari va suhbatlarning asosiy qismi 2024 yil 1 noyabrdan 25 noyabrgacha o'tkaziladi.
2025-YIL UCHUN AJATILGAN KVOTA
Stajor-tadqiqotchilik:
14.00.01 - Akusherlik va ginekologiya – 1 o'rin
Tayanch doktorantura (PhD):
1. 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (sohalar bo‘yicha) – 2 o‘rin
2. 14.00.01 - Akusherlik va ginekologiya – 1 o‘rin
14.00.02 – Morfologiya – 2 o‘rin
3. 14.00.03 - Endokrinologiya – 2 o‘rin
4. 14.00.07 – Gigiena – 2 o‘rin
5. 14.00.10 – Yuqumli kasalliklar – 2 o‘rin
6. 14.00.11 – Dermatologiya va venerologiya – 2 o‘rin
7. 14.00.13 –Nevrologiya – 2 o‘rin
8. 14.00.15 – Patologik anatomiya – 2 o‘rin
Doktorantura (DSc):
1. 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (sohalar bo‘yicha) – 1 o‘rin
2. 14.00.10 – Yuqumli kasalliklar – 1 o‘rin
3. 14.00.15 – Patologik anatomiya – 1 o‘rin