Virtual qabulxona

+998 95 202-23-45 +998 95 302-23-45

info@fjsti.uz fmioz@mail.ru

ish vaqti:

Dush-Shan,9:00-17:00

Yangiliklar

Bosh sahifa

Yangiliklar

Sog‘liqni saqlash vaziri: “Har bir bemor nazoratimiz ostida bo‘ladi”

Xalqimiz sog‘liqni saqlash tizimidan hali to‘laqonli rozi emas. Sohani zamon talablari darajasida rivojlantirish uchun esa ilg‘or tashabbus va g‘oyalar, kreativ yondashuvlar zarur.

Davlatimiz rahbari buni tizim vakillaridan kutyapti. Shu maqsadda olimlar, shifokorlar, hamshiralar, farmasevtlar, sanitariya-epidemiologiya xizmati vakillari bilan “O‘zbekiston tibbiyoti — inson qadri uchun” mavzusida ochiq muloqot o‘tkazish rejalashtirilgan. ​Sog‘liqni saqlash vaziri Behzod Musaev boshchiligida vazirlik mutahassislaridan iborat ishchi guruh ushbu tadbir oldidan Farg‘ona viloyatidagi davolash muassasalarida bo‘lib, hududda faoliyat yuritayotgan tibbiyot xodimlari bilan uchrashdi. 

Vazir muloqot avvalida yurtimizdagi epidemiologik vaziyat haqida qisqacha to‘xtalib, kasallanishlar soni ortib borayotgani va buning oldini olish borasida qilinayotgan ishlar haqida gapirdi.

 “Hozir har bir bemor nazoratimiz ostida. Ularning sog‘ayishi, qolaversa, boshqalarga bu xavfli virus yuqmasligi uchun zarur choralarni ko‘ryapmiz. Vaksinatsiya — koronavirus infeksiyasi keng tarqalib ketishiga qarshi eng samarali choradir, — dedi u. — Chunki to‘liq bosqichda, qolaversa, buster dozada emlanganlarning kasallikka qarshi kurashuvchanlik qobiliyati oshadi. Mamlakatimizga kirib kelgan yangi shtamm haqida to‘xtaladigan bo‘lsak, u avvalgi variantlarga nisbatan ancha yengil o‘tmoqda. Statsionar sharoitda davolanayotgan 90-95 foiz bemorlarda ham o‘pkaning nafas olish ko‘rsatkichi pasayishi va pnevmoniya belgilari kuzatilmayapti. Eng muhimi, virusga qarshi remdesivir va boshqa dori vositalariga bo‘lgan ehtiyoj kamaygan. Shundan kelib chiqib, davolash protokoliga ham o‘zgarish kiritdik.

Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmatining har bir tuman va shahar bo‘limlarida ham har kuni 24 soat davomida bepul PZR-test topshirish sharoiti yaratilgan. Bizda koronavirusga qarshi kurashish borasida tajriba ham, imkoniyat ham yetarli.  

Uchrashuv davomida koronavirusga chalingan bemorlarni uy sharoitida davolashning ahamiyati, afzalliklari xususida ham so‘z yuritildi. Shundan so‘ng kun tartibidagi asosiy masala — Prezidentimizning tibbiyot xodimlari bilan bo‘lib o‘tadigan ochiq muloqotiga tayyorgarlik jarayoni haqida fikr almashildi. Qayd etilganidek, shu kungacha ochiq muloqotga Farg‘ona viloyatidan jami 430 ta murojaat kelib tushgan. Shundan 317 tasi bevosita tibbiyot xodimlariga tegishli.  Vazir yo‘llangan har bir murojaat yechimi bilan qiziqdi. Soha vakillarining takliflariga quloq tutdi. Sog‘liqni saqlash xodimlarining ish sharoitini yaxshilash, bandligini ta’minlash, tibbiyot yo‘nalishidagi qurilish-rekonstruksiya ishlarini yakuniga yetkazish bilan bog‘liq muammoli masalalarni tezkor va joyida hal etish uchun tizim mutasaddilariga tegishli topshiriqlar berdi.

Savol-javoblar yakunida kelgusida tibbiyot tizimida amalga oshirilishi rejalashtirilgan ishlar xususida ham ma’lumot berildi.