Virtual qabulxona

+99873243-06-62

info@jcpmfjsti.uz fmioz@mail.ru

ish vaqti:

Dush-Shan,9:00-17:00

Yangiliklar

Bosh sahifa

Yangiliklar

Samarqand -2020 Xalqaro olimpiadasi

Samarqand davlat tibbiyot universitetida «Samarqand-2020» tibbiyot oliygohlari talabalarining III Xalqaro olimpiadasi bo’lib o’tdi Xalqaro talabalar olimpiadasida Polsha, Rossiya, Qozog’iston, Qirg’iziston, Tojikiston, Ukraina, Belarus, Turkiya va Ozarboyjon respublikalaridan 76 ta tibbiyot oliy o’quv yurtlarining 120 dan ortiq professor-o’qituvchilari va 3000 dan ortiq talabalar onlayn va an’naviy tarzda ishtirok etdi  “Samarqand-2020” - tibbiyot oliygohlari talabalarining III Xalqaro olimpiadasi to’qqizta mamlakat yoshlarini birlashtirdi 2020 yildan buyon o’tkazib kelinayotgan ushbu xalqaro olimpiadada Polьsha, Rossiya, Qozog’iston, Qirg’iziston, Tojikiston, Ukraina, Belarus, Turkiya va Ozarbayjon davlatlari 76 ta oliy tibbiyot o’quv yurtlarini 120 dan ortiq professor-o’qituvchilari rahbarligida 300 ga yaqin talaba-yoshlar offlayn, 3 mingdan ziyod onlayn tarzda ishtirok etdi.

 Tibbiyot oliygohlari o'rtasida o'tkazilgan Samarqand 2020 lll xalqaro olimpiadasida qatnashib, taqdirlangan institutimiz talabalari. 

Xabibullayeva Sarvinoz - Onkologiya yo'nalishi bo'yicha g'olib deb topilib, III darajali diplom bilan taqdirlandi.

Ahmadjonov Umrbek - Anatomiya fani bo'yicha qatnashib, "IN NOMINATION ABSOLUTE CHAMPION" nominatsiyasi bo'yicha g'olib deb topilib diplom bilan taqdirlandi.

Tursunaliyev Ulug'bek - Ichki kasalliklar propedevtikasi fanidan qatnashib, "IN NOMINATION CLINICAL THINKING" g'olib deb topilib, diplom bilan taqdirlandi.

Ashuraliyeva Shohsanam G'ayratjon qizi - Patologik fiziologiya fani bo'yicha g'olib deb topilib III darajali diplom bilan taqdirlandi.

Solijonova Omina Jurabek qizi - Biokimyo fanidan qatnashib, "IN NOMINATION THE MOST ERUDITE PARTICIPANT" nominatsiyasi bo'yicha g'olib deb topilib diplom bilan taqdirlandi.

Bahtiyorov Ulug'bek Dilshod o'g'li - Tibbiy kimyo fani bo'yicha g'olib deb topilib III darajali diplom bilan taqdirlandi.

Ahmadov Bohodirjon - "IN NOMINATION RHETORIC" nominatsiyasi bo'yicha g'olib deb topilib diplom bilan taqdirlandi

Mo'ysinjonov Jaloliddin  - Fiziologiya fani bo'yicha qatnashib, "IN NOMINATION THE MOST ERUDITE PARTICIPANT" nominatsiyasi bo'yicha g'olib deb topilib diplom bilan taqdirlandi.