Virtual qabulxona

+99873243-06-62

info@jcpmfjsti.uz fmioz@mail.ru

ish vaqti:

Dush-Shan,9:00-17:00

Yangiliklar

Bosh sahifa

Yangiliklar

Round University Ranking - yetakchi jahon universitetlari reytingi

RUR Subject Rankings dunyoning yetakchi oliy taʼlim muassasalari faoliyatini 6 ta keng fan yoʻnalishlari boʻyicha baholaydi: gumanitar fanlar, hayot fanlari, tibbiyot fanlari, tabiiy fanlar, texnika fanlari, ijtimoiy fanlar. Barcha universitetlar RUR World University Rankings kabi 20 ta ko'rsatkich va universitet faoliyatining 4 ta asosiy yo'nalishi bo'yicha baholanadi. 2023 yilning 30 oktyabr kuni nufuzli Round University Ranking – RUR» reytingida Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti TOP-1000 ta OTMlar orasida e’tirof etildi.  Institutimiz ta’lim, ilmiy tadqiqot, xalqaro hamkorlik, moliyaviy barqarorlik yo‘nalishlari va 20 ta indikator bo‘yicha yuqori natija qayd etib, 25.234 ball to‘pladi va 924–o‘rinni qayd etdi. Bu yilgi reytingda dunyoning 82 ta davlatidan 1.500 ta oliy ta’lim muassasalari ishtirok etdi. Quvonarlisi, institutimiz O‘zbekiston tibbiyot OTmlari orasida 1-o‘rinda, barcha OTMlari orasida 9-o‘rinni egalladi.