Respublika ilmiy-amaliy konferensiya
29.10.2024 yiol kuni Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot institutida “Pediatriyaning dolzarb ilmiy va amaliy masalalariga innovatsion yondashuv” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi oʻtkazildi. Ushbu tadbir mamlakatimiz pediatriya sohasidagi eng ilgʻor amaliy va ilmiy yondashuvlarni muhokama qilish, zamonaviy tibbiy texnologiyalar va innovatsiyalarni amaliyotga joriy etish, shuningdek, bolalar salomatligini yaxshilash boʻyicha tajriba almashishga qaratilgan. Konferensiyada yetakchi shifokorlar, ilmiy tadqiqotchilar va mutaxassislar ishtirok etib, pediatriya yoʻnalishidagi soʻnggi ilmiy izlanishlar, diagnostika va davolash usullari, profilaktik chora-tadbirlar hamda samarali xizmat koʻrsatish imkoniyatlarini muhokama qilindi.
Tadbir davomida bolalar sogʻligʻini taʼminlashda innovatsion yondashuvlarning ahamiyati, diagnostik usullarning rivoji, dori vositalarining xavfsizligi va samaradorligi, shuningdek, chekka hududlarda pediatriya xizmatlarini yaxshilash kabi masalalar koʻrib chiqiladi. Shuningdek, konferensiyada zamonaviy telemeditsina, raqamli diagnostika, sunʼiy intellekt va maʼlumotlarni boshqarish texnologiyalarini pediatriyaga tatbiq etish yoʻllari ham tahlil qilindi.