Respublika 3 Urologlar Plenumi
Fargʻona jamoat salomatligi tibbiyot institutida O'zbekiston Respublikasi Urologlarining III Plenumi otkazildi. Ushbu yirik anjuman O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni Saqlash Vazirligi, Respublika Ixtisoslashtirilgan Urologiya Ilmiy-amaliy Tibbiyot Markazi hamda Farg’ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti hamkorligida o'tkazildi.
Fargʻona jamoat salomatligi tibbiyot institutida O'zbekiston urologlarining III plenumi qizg'in davom etmoqda. Tadbirda Respublikamizning yetakchi urologlari, tibbiyot ilmiy tadqiqotchilari va amaliyotchi shifokorlar ishtirok etmoqda. Plenum davomida urologiya sohasidagi zamonaviy muammolar va ularga yechim topish yo'llari muhokama qilinmoqda. Ma'ruzalar davomida urologiyaning eng dolzarb yo'nalishlariga, jumladan, prostata kasalliklari, buyrak va siydik yo'llaridagi patologiyalar, urogenital infektsiyalar, shuningdek, onkologik kasalliklarning zamonaviy tashxislash va davolash usullariga katta e'tibor qaratilmoqda.