Rektor Yangi yil tabrigi-2026

Hurmatli professor-o‘qituvchilar, xodimlar, aziz talabalar va qadrli hamkorlar!
Sizlarni yangi — 2026-yil kirib kelishi munosabati bilan samimiy tabriklayman! Ortimizda qolgan yil institutimiz hayotida ta’lim sifati, ilmiy tadqiqotlar, innovatsion yondashuvlar va xalqaro hamkorlikni rivojlantirish yo‘lida muhim natijalar bilan yodda qoldi. Bu yutuqlar, avvalo, sizlarning fidokorona mehnatingiz, izlanishga chanqoqligingiz va yuksak mas’uliyatingiz samarasidir.
Yangi yilda barchamiz uchun yanada katta maqsadlar turibdi: klinik tafakkur va amaliy ko‘nikmalarni mustahkamlash, raqamli va interaktiv ta’lim texnologiyalarini keng joriy etish, ilmiy salohiyatni oshirish, xalqaro standartlar asosida tadqiqotlar ko‘lamini kengaytirish, jamoat salomatligi yo‘nalishida aholiga xizmat qiladigan ilg‘or tashabbuslarni amalga oshirish. Ishonamanki, hamjihatlik va bir maqsad sari intilish orqali bu vazifalarni muvaffaqiyat bilan bajaramiz.
Shu qutlug‘ ayyomda sizlarga mustahkam sog‘liq, oilaviy hotirjamlik, baraka va farovonlik, ilmiy-ijodiy parvozlar, yangi g‘oyalar hamda ulug‘ natijalar tilayman. 2026-yil har biringiz uchun omadli, fayzli va yutuqlarga boy yil bo‘lsin!
Hurmat bilan,
Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti rektori
t.f.d., professor A.A. Sidikov


Русский
English