Rektor virtual qabulxonasi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 28.12.2016y. PF-4904-son "Jismoniy va yuridik shaхslarning murojaatlari bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirishga doir chora-tadbirlar toʻgʻrisida"gi Farmoniga asosan shuningdek, Farg`ona jamoat salomatligi tibbiyot institutida jismoniy va yuridik shaхslarning murojaatlari bilan ishlashning sifat jihatidan yangi tizimini joriy etish maqsadida Farg`ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti rektori, professor Sidikov Akmal Abdikaxarovichning virtual qabulxonasi rasman ishga tushirilgan. Virtual qabulxona orqali talabalarning muammolari, ta`lim jarayonidagi yutuq va kamchiliklar, fuqarolarni shaxsiy murojaatlari, talabalarning ota-onalari murojaatlari, tadbirkorlik faoliyati bo`yicha murojaatlar va boshqa masaladagi murojjat va shikoyatlar, takliflar ko`rib chiqiladi. Sizning murojaatingiz, takliflaringiz shaxsan rektor nazoratida.
Virtual qabulxona manzili: https://fjsti.uz/site/virtual-reception