Virtual qabulxona

+99873243-06-62

info@jcpmfjsti.uz fmioz@mail.ru

ish vaqti:

Dush-Shan,9:00-17:00

Yangiliklar

Bosh sahifa

Yangiliklar

Rektor va talaba-yoshlar uchrashuvi

Rektor va talaba-yoshlar uchrashuvi !

‼️Bugun Farg'ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti faollar zalida tibbiyot fanlari doktori rektor Sidikov Akmal Abdikaxarovich va institutning birinchi bosqich talabalari o'rtasida ochiq muloqot bo'lib o'tdi. Suhbat davomida, asosan, talabalar uchun institutda yaratilgan sharoitlar, iqtidorli talabalarni qo'llab-quvvatlashga qaratilgan chora-tadbirlar, shuningdek, talabalarni yetarlicha ilmiy adabiyotlar bilan ta'minlash haqidagi masalalar haqida ochiq va samimiy muloqot olib borildi. Ishtirokchilar o'zlarini qiziqtirgan savollarga to'liq javob oldilar. Bundan tashqari institutimiz rektori Akmal Abdikaxarovich hozirgi zamonaviy tibbiyotni mukammal o'zlashtirishda xorijiy tilni ahamiyati haqida alohida ta'kidladi hamda ingliz tilini to'liq o'zlashtirib, IELTS sertifikatiga ega bo'lgan talaba chet el tibbiyot oliygohida, institut hisobidan muddatli ta'lim olishga yuborishilishi mumkinligini aytib o'tdi.