Virtual qabulxona

+99873243-06-62

info@jcpmfjsti.uz fmioz@mail.ru

ish vaqti:

Dush-Shan,9:00-17:00

Yangiliklar

Bosh sahifa

Yangiliklar

Rektor tabrigi

 

FARG'ONA JAMOAT SALOMATLIGI TIBBIYOT INSTITUTI REKTORI, TIBBIYOT FANLARI DOKTORI, PROFESSOR SIDIKOV AKMAL ABDIKAHAROVICHNING BAYRAM TABRIGI

Yakunlanish va qayta boshlanish oralig'ida shunday bir fursat borki, biz barchasi uchun Shukronalik keltiramiz... Qalbimizni titratgan quvonch, yaqinlarimizning tabassumi, shirin diydori uchun... Butun vujudimizni, xayotimizni qamrab olgan baxt uchun, ertangi kundagi umidlarimiz, orzularimiz uchun Shukronalik keltiramiz... Yangi yil barcha qadrdon insonlarni bir dasturxon atrofida, sho'h kulgulari bilan jam qila oluvchi qadrdon bayram. Bugun yonimizda, qalbimizda, qo'llarimizda bor bo'lgan barchasi uchun shukronalik keltiramiz... Uning asl mo'jizasi ham shundadir ehtimol... Qadrdonli Farg'ona jamoat salomatligi tibbiyot institutining ahil jamoasi, aziz talabalar Barchangizni kirib kelayotgan Yangi yil bilan chin qalbdan tabriklayman. 2023-yil barchangizga yangidan yangi omad, quvonch va yutuqlar olib kelsin... Oilaviy baxt, qalb xotirjamligi, farzandlaringiz kamoli va ishlaringizda omad yil davomida sizga hamroh bo'lsin. Yangi yilning sevinchi, shukuhi va xayajoni qalbingizni quvonchga to'ldirsin. Xayotingizni baxt bilan bezasin... Yangi yil siz uchun ulkan yutuqlar va cheksiz imkoniyatlarga boy bo'lsin... Yana bir bor Yangi yilingiz qutlug' bo'lsin Azizlar...