Virtual qabulxona

+99873243-06-62

info@jcpmfjsti.uz fmioz@mail.ru

ish vaqti:

Dush-Shan,9:00-17:00

Yangiliklar

Bosh sahifa

Yangiliklar

Rektor stipendiyasi

Farg’ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti IqtidorIi tlabalar uchun “Rektor stipendiyasi” tanlovini e'lon qiladi. Stipendiya institutning barcha yo’nalish talabalari uchun ta’sis etilgan. Talabalar belgilangan tartibga ko’ra, quyidagi nominatsiyalar bo'yicha tanlovda ishtirok etishlari mumkin:

“Eng a’lochi talaba”, 
“Innovator talaba”
“Eng yaxshi g’oya muallifi”
“Eng kuchli sportchi”
“Eng ijodkor talaba”
“Eng yuqori ilmiy natijalarga erishgan talaba”
“Poliglot talaba”
“Eng faol targ’ibotchi talaba”

    Ushbu nominatsiyalar bo’yicha g’oliblikni qo’lga kiritgan talabalar “Rektor stipendiyasi” sohibi hisoblanadi va tegishli sertifikat bilan taqdirlanadi. Tanlovda ishtirok etish uchun talabalar quyidagi hujjatlarni IqtidorIi tlabalarning Ilmiy – tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo’limiga topshirishi lozim: 1.Nomzodning reyting daftarchasidan ko’chirma(1 nusxa), 2.Tavsiyanoma (tegishli fakultet dekani, kafedra mudiri yoki yetakchi professor-o’qituvchilar tomonidan berilgan) 3.Ilmiy konferensiya va seminarlarda ishtirok etgan ma’ruza, tezis, maqola va ilmiy jurnallarda chop etilgan maqollari ro’yxati va nusxasi, shuningdek, boshqa turli nominatsiya va tanlovlarda (ilmiy, sport, xorijiy til va boshqalar) erishgan yutuqlarini tasdiqlovchi sertifikatlar. Hujjatlar 13.06.2021 kuni soat 16:00ga qadar qabul qilinadi. Murojaat uchun telefon: (90) 533-42-77