Virtual qabulxona

+998 95 202-23-45 +998 95 302-23-45

info@fjsti.uz fmioz@mail.ru

ish vaqti:

Dush-Shan,9:00-17:00

Yangiliklar

Bosh sahifa

Yangiliklar

Rektor stipendiyasi

2023-2024 O‘quv yili yakuni bo'yicha Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot institutida o‘quv, ilmiy, ma’naviy-marifiy sohada olib borilayotgan ishlarning sifati va samaradorligini ta’minlash, faol va iqtidorli talabalarni qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risidagi:
 Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti rektorining  2021-yil 1 iyundagi 143-sonli buyrug‘iga muvofiq “Rektor stipendiyasi”ga nomzodlarini saralash va stipendiya ajratish maqsadida, 2024-yil 15-iyul kuni "Rektor stipendiyasi"ga nomzodlarni tayinlash bo'yicha saralash bosqichi o'tkazildi.
Eslatib o‘tamiz  “Rektor stipendiyasi” uchun Tanlovda ishtirok etish uchun quyidagi hujjatlar talab qilinadi:
1. Maʼlumotnoma — obyektivka
2. Pasport nusxasi
3. Reyting daftarcha nusxasi
4. Fakultet dekanining tavsiyanomasi
5. Kafedra toʻgaragi rahbarining tavsiyanomasi
6. FJSTI Yoshlar ittifoqi boshlangʻich tashkiloti yetakchisining tavsiyanomasi
7. Ilmiy yutuqlar roʻyxati (3.4-shakl)
8. Ilmiy yutuqlar (ilmiy anjumanlar nashrlari, maqola va tezislar, olimpiada diplomlari)
9. Xalqaro til sertifikati
10. Musobaqa va sportdagi yutuqlar
11. Yutuqli startap loyihalari.
Instituti Ilmiy kotibi tomonidan tasdiqlangan barcha hujjatlar Iqtidorli talabalar ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish boʻlimiga  belgilangan muddatga qadar topshirilishi kerak.

Stipendiya institutning barcha yo’nalish talabalari uchun ta’sis etilgan. Talabalar belgilangan tartibga ko’ra, quyidagi nominatsiyalar bo'yicha tanlovda ishtirok etishlari mumkin:

“Eng a’lochi talaba”
“Innovator talaba”
“Eng yaxshi g’oya muallifi”
“Eng kuchli sportchi”
“Eng ijodkor talaba”
“Eng yuqori ilmiy natijalarga erishgan talaba”
“Poliglot talaba”
“Eng faol targ’ibotchi talaba”

    Ushbu nominatsiyalar bo’yicha g’oliblikni qo’lga kiritgan talabalar “Rektor stipendiyasi” sohibi hisoblanadi va tegishli sertifikat bilan taqdirlanadi. Tanlovda ishtirok etish uchun talabalar quyidagi hujjatlarni IqtidorIi tlabalarning Ilmiy – tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo’limiga topshirishi lozim: Murojaat uchun telefon: (90) 533-42-77