Registrator ofisi
“Registrator ofisi” haqida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 24-dekabrdagi “Davlat oliy ta’lim muassasalarining akademik va tashkiliy-boshqaruv mustaqilligini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-60-son va “Davlat oliy ta’lim muassasalariga moliyaviy mustaqillik berish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-61-son qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 31-dekabrdagi 824-son qarori bilan tasdiqlangan “Oliy ta’lim muassasalarida o‘quv jarayoniga kredit-modul tizimini joriy etish tartibi to‘g‘risida”gi Nizom, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev rahbarligida 2024 yil 20 iyunda kengaytirilgan tarzda o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishining 32 - son bayoni va Ta’lim sohasidagi loyihalar markazi” loyiha ofisi va O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024 yil 9 iyuldagi “Oliy ta’lim tashkilotlarida “Registrator ofisi”ni tashkil etish to‘g‘risida”gi 24-son qo‘shma qaroriga asosan tashkil etilgan.
Bo‘limning maqsadi: institutning asosiy xizmatlarini talabalarga bir joydan turib tezkor, samarali va shaffof tarzda amalga oshirishdan iborat.
Xizmat koʻrsatish boʻlimi vazifalari:
Talabalarga xizmat koʻrsatish bo‘yicha:
dars jadvallari haqida maʼlumot taqdim etish;
qayta oʻqish uchun fan guruhlariga ariza yuborishga yordam berish;
joriy, oraliq va yakuniy nazoratlar toʻgʻrisida talabalarga maʼlumot taqdim etish;
masofaviy taʼlim shaklida oʻqiyotgan talabalar uchun chaqiruv qogʻozini shakllantirish;
akademik maʼlumotnoma va transkript berish;
imtihonlar roʻyxatini taqdim etish;
oʻqishni koʻchirish va qayta tiklash uchun ariza yuborishga yordam berish;
institutga ikkinchi taʼlimga kirish uchun onlayn ariza topshirishga yordam berish;
institutning magistratura bosqichiga kirish uchun onlayn ariza topshirishga yordam berish;
talaba guvohnomasi hamda turar joyi guvohnomasini yaratish va taqdim etish;
talabaga oʻzining GPA koʻrsatkichi haqida maʼlumotnoma taqdim etish;
talabalarning “HEMIS” axborot tizimidagi parolini tiklash;
talabalarga tibbiy sugʻurta olish uchun yordam berish;
oʻqishga qabul va oʻqishni koʻchirish yuzasidan konsultatsiya berish;
ijara subsidiyasi uchun ariza yozishga koʻmaklashish;
institutda mavjud turli xizmatlar va resurslar haqida maʼlumot berish;
akademik qarzdor talabalarni aniqlash hamda ular bilan ishlash;
talabalarning yotoqxonalarga joylashish uchun ariza berishga ko‘maklashish;
talabalar turar joyiga koʻchib oʻtganlarni vaqtinchalik roʻyxatga qoʻyish uchun hujjatlarni tayyorlash;
ijara asosida yashayotgan talabalarga oylik ijara toʻlovining 50 foizi (bazaviy hisoblash miqdorining yarim baravaridan oshmagan holda) Davlat byudjeti mablagʻlari hisobidan toʻlab berilishi uchun hujjatlarni rasmiylashtirish va tavsiyalar berish.
Ilmiy va innovatsion faoliyat to‘g‘risida xizmat koʻrsatish bo‘yicha:
grantlar va tanlovlar haqida maʼlumot berish;
ilmiy konferensiyalar haqida maʼlumot berish;
innovatsion gʻoya va startaplarni roʻyxatdan oʻtkazishga yordam berish;
talabalarga nomdor stipendiyalar haqida maʼlumot berish hamda ariza berishda koʻmaklashish;
ilmiy loyihalar toʻgʻrisida konsultatsiya berish;
“Ustoz-shogird maktabi”ga aʼzo boʻlishga yordam berish;
institut tomonidan tashkil etilayotgan ilmiy konferensiya, seminar va boshqa ilmiy-innovatsion tadbirlarni talabalar orasida ommalashtirish;
talabalarga ilmiy toʻgaraklar haqida maʼlumot berish hamda amaliy yordam koʻrsatish;
kafedralarga grantlar uchun ariza shakllarini toʻldirishda yordam berish.
Xalqaro aloqalar va akademik mobillik to‘g‘risida xizmat koʻrsatish bo‘yicha:
oʻqish joyidan ingliz tilida maʼlumotnoma berish;
turli xalqaro grantlar va akademik mobillik dasturlari boʻyicha maʼlumotlarni taqdim etish;
oʻqishga qabul qilingan xorijiy talabalarni elektron tizimda roʻyxatga olish va fanlarga biriktirish;
xorijiy oliygohlarda tahsil olishda konsultatsiya berish;
xorijiy talabalar uchun viza xizmatlarini amalga oshirish;
xorijiy talabalarga toʻlov-shartnomalarini taqdim etish;
xorijiy talabalarni Oʻzbekiston Respublikasida vaqtinchalik roʻyxatga qoʻyish xizmatlarini amalga oshirish;
xorijiy talabalarni oʻqishga qabul qilish boʻyicha konsultatsiya berish, ariza va talab etiladigan hujjatlarni koʻrib chiqish uchun qabul qilish;
xorijlik talabalarga institutdagi oʻquv jarayonlari haqida maʼlumot berish.
Marketing va amaliyotlarni tashkil etish hamda buxgalteriya boʻyicha xizmat koʻrsatish bo‘yicha:
ishga joylashgan bitiruvchilar haqida maʼlumot kiritish va olish;
toʻlov-shartnoma summasini belgilash, hisoblash va taqdim etish;
akademik qarzdor talabalar uchun qayta oʻzlashtirish miqdorlarini belgilash va tasdiqlash;
bitiruvchilar toʻgʻrisida umumiy maʼlumotlar bankini shakllantirish;
bitiruvchilarni ishga joylashganligi toʻgʻrisida maʼlumotlar tayyorlash;
talabalarga ishga joylashish borasida tavsiyalar berish;
bitiruvchilarni ishga taqsimlash va joylashishiga oid barcha zaruriy hujjatlar (ishga yuborilganlik toʻgʻrisida yoʻllanma, taqsimot komissiyasi qarori, shaxsiy taqsimot qaydnomasi) tayyorlash, rasmiylashtirish va bitiruvchilarga topshirish;
potensial ish beruvchilar roʻyxatini shakllantirish va talabalarga taqdim etish.
Maʼlumotlar bazasi boʻlimi vazifalari:
Statistik maʼlumotlarni yuritish bo‘yicha:
talabalar, resurslar, shartnomalar, mashgʻulotlar va talabalarning oʻzlashtirishi haqidagi statistik maʼlumotlarni taqdim etish;
talabalarning kursdan kursga qolishi, talabalar safidan chetlashtirilishi va akademik taʼtilga chiqishi boʻyicha statistik maʼlumotlarni umumlashtirish va tahlil qilish;
oʻqishni koʻchirish va tiklashga tavsiya etilgan talabalarga oid statistik maʼlumotlarni umumlashtirish va tahlil qilish;
yuridik va jismoniy shaxslar murojaatlari asosida ularga institut faoliyatiga doir statistik maʼlumotlarni taqdim etish;
institut tomonidan statistika agentligiga taqdim etiladigan hisobot shakllarini yuritish;
“HEMIS” axborot tizimiga kiritilayotgan statistik maʼlumotlarning toʻgʻriligini tahlil qilib borish.
Oʻquv jarayonini muvofiqlashtirish bo‘yicha:
talabalar tomonidan tanlov fanlar doirasida fanlarni tanlashini samarali tashkil etish uchun oʻquv rejalarni shakllantirishda ishtirok etish;
akademik guruhlarni shakllantirish;
talabalarga qayta oʻqishni tashkil qilish (fan guruhlarini yaratish, arizalarni koʻrib chiqish, dars jadvali va nazorat jadvallarini yaratish);
talabalarga tegishli barcha buyruqlarni rasmiylashtirish;
talabalarni tegishli fanlarga biriktirish;
talabalarni tizimga kiritish va tegishli guruhlarga biriktirish;
talabalarning GPA ballarini hisoblashda kelib chiqqan nizolarni hal qilish;
tyutorga tegishli guruhlarni biriktirish;
oʻzlashtirish natijalariga koʻra talabalarga stipendiya tayinlash;
oʻquv rejada mavjud fanlarni semestrlarga biriktirish;
oʻquv rejalarini yaratish va ularni tahrirlash;
fanlar bazasini shakllantirish;
kursdan qolgan, akademik taʼtildan qaytgan talabalarni tegishli tartibda rasmiylashtirish;
qabul qilingan talabalarni elektron tizimda roʻyxatga olish va fanlarga biriktirish;
talabalarni bitirish toʻgʻrisidagi buyruq loyihalarini shakllantirish;
talabalarni kursdan kursga oʻtkazish;
talabalarning kursdan kursga qolishi, talabalar safidan chetlashtirilishi va akademik taʼtilga chiqishi boʻyicha buyruqlarni rasmiylashtirish;
talabalarning maʼlumot bazalarini shakllantirish va yangilab borish;
talabani semestrdan semestrga oʻtkazish;
oʻqishni bitirgan talabalarni tegishli tartibda rasmiylashtirish;
“HEMIS” tizimi orqali talabalar davomatini nazorat qilish, kunlik davomat hisobotini olish va fanlar boʻyicha davomatni monitoring qilish;
oʻqishni koʻchirish va tiklashga tavsiya etilgan talabalarni talabalar safiga qabul qilish boʻyicha buyruq rasmiylashtirish.
Talabalar hujjatlarini yuritish va saqlash bo‘yicha:
institutni tugatgan talabalar hujjatlarini toʻplab yigʻma jildga tikish, roʻyxatga olish va arxivga qadar saqlash;
familiyasi oʻzgargan, akademik taʼtilga chiqqan, yoʻnalishni va fakultetni oʻzgartirgan, kursda qoldirilgan, talabalar safidan chiqarilgan talabalarning buyruqlaridan koʻchirmalarni talabalar bazasiga joylashtirish;
oʻqishni boshqa oliy taʼlim muassasasiga koʻchirish munosabati bilan talabalar safidan chetlatilgan talabalarni hamma kerakli hujjatlarini rasmiylashtirish;
qatʼiy hisobdagi hujjatlar shakllarini (diplom blankalari, akademik sertifikatlar, diplomga ilova va boshqalar) taqdim etish;
qatʼiy hisobdagi blankalarini (diplom varaqalari, akademik guvohnomalar, diplom ilovasi va boshqalar) qabul qilish, saqlash va berishni tashkil etish;
bitiruvchilarga berilgan diplomlarning haqiqiyligini tasdiqlash maqsadida doimiy ravishda www.mehnat.uz va www.d-arxiv.edu.uz platformalari orqali tashkilot va muassasalar bilan yozishmalarni amalga oshirish, yoʻqotilgan diplom va ilovalar oʻrniga dublikat berish toʻgʻrisidagi murojaatlarga javob qaytarish.