Rasmiy tashrif
Habaringiz bor Farg`ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti rektori Akmal Abdikaxarovich boshchiligidagi rasmiy delegatsiya Rossiyaning Kuban Davlat tibbiyot uniuversitetida 5 kunlik rasmiy tashrifda bo`lishdi. Institut rasmiy delegatsiyasini Kuban davlat tibbiyot universiteti rektori professor Sergey Nikolayevich Alekseenko shaxsan kutib oldi, tashrif chog`ida Kuban Universitetida yaratilgan imkoniyatlarni, simulatsiya markazlarini, talabalarni ta`lim olishi uhun yaratilib kelinayotgan ko`plab yirik universitetlarda kuzatilmagan yangicha evropa tajribasiga tayangan usuldagi o`quv dasturlari va tayyorlanayotgan o'quv jarayonlar bilan tanishtirildi. Uchrashuv davomida barcha dolzarb va muammoli masalalar muhokama qilindi. Kuban davlat tibbiyot universiteti (KubGMU) - Krasnodardagi oliy o'quv yurti. Rossiya davlatida eng yirik kuchli 10 ta tibbiyot universitetlariga kiritilgan. Universitet rektori: Sergey Nikolaevich Alekseenko. Universitet 1920 yilda yangi tashkil etilgan Kuban universitetining tibbiyot fakulteti sifatida tashkil etilgan. 1921 yilda u mustaqil o'quv muassasasi - Kuban tibbiyot universitetiga aylantirilgan. Kuban davlat tibbiyot universiteti Rossiyadagi eng qadimgi tibbiyot universitetlaridan biri hisoblanadi. Hozirda Kuban davlat tibbiyot universitetida 7 ta fakultet va 66 ta kafedra mavjud. Ayni paytda 6000 ortiq talaba shu qatori xorijdan va osiyodan kelgan talabalar ushbu universitetda tibbiy ta'lim olmoqda.