Virtual qabulxona

+998 95 202-23-45 +998 95 302-23-45

info@fjsti.uz fmioz@mail.ru

ish vaqti:

Dush-Shan,9:00-17:00

Yangiliklar

Bosh sahifa

Yangiliklar

Rasmiy munosabat

Ijtimoiy tarmoqlar va turli manbalarda Fargʻona jamoat salomatligi tibbiyot instituti binosi va faoliyati haqida haqiqatga zid boʻlgan xabarlar tarqalmoqda. Jumladan, "50 milliard so‘mdan ortiq mablag‘ evaziga rekonstruksiya qilinib, ikki yil oldin to‘liq jihozlangan institut qaysidir shaxsga sovg‘a qilinadi" degan asossiz daʼvolar bildirildi. Vaholanki, bu kabi asossiz fikrlardan xabari yoʻq boʻlgan Fargʻona jamoat salomatligi tibbiyot instituti rahbariyati bunday xabarlarni mutlaq yolgʻon va hech qanday asosga ega emasligini qatʼiy maʼlum qiladi. Shu o'rinda aytish kerakki, institut kimningdir shaxsiy mulki emas, boshqalarga sovgʻa qilib yuboriladigan.  

Mazkur bino davlatning mulki boʻlib, uning faoliyati qonunchilik asosida Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim tizimi va jamoat salomatligini rivojlantirishga qaratilgan.

Institutni rivojlantirish va taʼlim jarayonlarini modernizatsiya qilishga qaratilgan saʼy-harakatlar davlat va xalq manfaatlarini koʻzlab amalga oshirilmoqda. Shuningdek, barcha moliyaviy va tashkiliy jarayonlar ochiq-oydin olib borilib, nazorat organlari tomonidan muntazam ravishda tekshirilmoqda. Qolaversa, Fargʻona jamoat salomatligi tibbiyot instituti o'tgan vaqt mobaynida dunyo reytinglaridan munosib joy egalladi, xalqaro hamkorlikning yangi bosqichini boshladi, nufuzi hamda ta'lim tizimi ijobiy tomonga tubdan o'zgardi. 

Fuqarolarni asossiz xabar va mish-mishlarga ishonmaslikka, faqat rasmiy manbalar bergan axborotga tayanishga chaqiramiz. Biz bunday notoʻgʻri maʼlumotlar tarqatilishiga qarshi qonuniy choralar koʻrish huquqiga egamiz.

Farg‘ona jamoat salomatligi  tibbiyot instituti