Qo‘qon tibbiyot texnikumida mahorat darslari o‘tkazildi
Qo‘qon tibbiyot texnikumida “Pediatriyada hamshiralik ishi” bo‘yicha mahorat darslari o‘tkazildi
Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti mutaxassislari Qo‘qon Abu Ali ibn Sino nomidagi tibbiyot texnikumi talabalari uchun zamonaviy pedagogik yondashuv asosida amaliy mahorat darslari tashkil etdilar.
Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti huzuridagi akademik litsey va texnikumlarga metodik yordam berish sektori tomonidan tibbiyot ta’lim muassasalarida o‘quv jarayonini takomillashtirish, o‘quvchilarning amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirish va pedagog-kadrlarga metodik yordam ko‘rsatish maqsadida tizimli ishlar olib borilmoqda.

Joriy yilning 23-oktyabr kuni Qo‘qon Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi tibbiyot texnikumida “Pediatriyada hamshiralik ishi” yo‘nalishining 2–3-bosqich talabalari uchun “Bolalarda immunoprofilaktika” hamda “Turli yoshdagi bolalarning jismoniy va psixomotor rivojlanish ko‘rsatkichlarini aniqlash” mavzularida mahorat darslari o‘tkazildi.

Mashg‘ulotlarda institutning metodik yordam berish sektori bosh mutaxassisi N. Shokirova hamda “Pediatriya” kafedrasi assistentlari A. G‘ofurov, I. Alimova va S. Abdullayev ishtirok etdilar. Ular dars jarayonida pediatriya fanini o‘qitishda innovatsion IT yechimlar va zamonaviy ta’lim texnologiyalarining qo‘llanishi, talabalarda amaliy malaka va klinik fikrlashni shakllantirishning samarali usullari haqida ma’lumot berdilar.
Tadbir yakunida sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, reproduktiv salomatlik va oilani mustahkamlashga qaratilgan maxsus o‘quv kurslarini tashkil etish bo‘yicha takliflar ilgari surildi. Shuningdek, N. Shokirova texnikum talabalari uchun institutdagi mavjud fakultetlar, ta’lim yo‘nalishlari hamda yaratilgan imkoniyatlar to‘g‘risida batafsil ma’lumot berdi.

Русский
English