Prorektor va talabalar uchrashuvi
Yoshlar masalalari, ma'naviy-ma'rifiy ishlar boʻyicha birinchi prorektor Ulugʻbek Saliyev 1-bosqich talabalarini oliygohimizning "Odob-axloq kodeksi" bilan tanishtirdi.
Institut odob-axloq kodeksi
FARG`ONA JAMOAT SALOMATLIGI TIBBIYOT INSTITUTINING ODOB-AXLOQ KODEKSI
1-bob. Umumiy qoidalar
1-modda. Ushbu kodeks bilan tartibga solinadigan munosabatlar
Ushbu Kodeks O'zbekiston Respublikasi “Ta'lim to'g'risida”gi Qonuni, boshqa qonun va qonunosti hujjatlarga muvofiq ishlab chiqilgan bo'lib, institut pedagog va boshqa xodimlari, talabalari, doktorantlari (keyingi o'rinlarda - xodim, talaba va doktorant) kasbiy odob-axloqining tamoyillari, normalari, ta'lim jarayoni va xizmatdagi xulq-atvorining asosiy qoidalari bilan bog'liq munosabatlarni tartibga soladi.
2-modda. Odob-axloq kodeksining maqsad va vazifalari
Odob-axloq kodeksining maqsadlari: xodim, talaba va doktorantlarda umumiy madaniyatni rivoj lantirish; institut xodim, talaba va doktorantlarining zamonaviy imijini shakllantirish; xodim, talaba va doktorantlami institut va uning qadriyatlariga hurmat ruhida tarbiyalash; ta'lim muassasasi odob-axloqi tushunchasini takomillashtirish va oliy ta'lim muassasasida tashqi ko'rinish va xulq-atvorga bo'lgan talablarga oid yagona yondashuvni ishlab chiqishdan iboratdir.
Odob-axloq kodeksining vazifalari quyidagilardan iborat: huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olish, xodim talaba va doktorantlar orasida odob-axloq qoidalarini buzish bilan bog'liq bo'lgan nomaqbul hatti-harakat, jumladan, zo'ravonlik, shafqatsizlik va hayosizlikni targ'ib va tashviq qilish, shuningdek, turli salbiy illatlar va milliy mentalitetimizga yot bo'lgan g'oya va qarashlar, ekstremizm, separatizm, fundamentalizm va "ommaviy madaniyat"ning ta'sir hamda xurujlaridan himoya qilish;
mazkur nomaqbul xatti-harakatlar sodir etilishining sabab va shart-sharoitlarini aniqlash va ulami bartaraf etish; xodim, talaba va doktorantlarni yuksak huquqiy ong, O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, qonunlari va boshqa normativ-huquqiy hujjatlariga qat'iy rioya qilish ruhida tarbiyalash; xodim, talaba ya doktorantlarda fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va manfaatlarini doimo hurmat qilish va himoya qilish ko'nikmasini shakllantirish va yuksaltirish; xodim, talaba va doktorantlarda vatanparvarlik, yuksak ma'naviy-axloqiy fazilatlarni shakllantirish va ularni milliy qadriyatlarimizga hurmat qilish, xotin-qizlar sha'ni va qadr-qimmatini hurmat qilish, ularga nisbatan nomaqbul xatti-harakatlarga yo'l qo'ymaslik ruhida tarbiyalash; institutda sog'lom ijtimoiy-psixologik muhitni shakllantirish va rivojlantirish; institut xodim, talaba va doktorantlarida tashqi ko'rinishga oid madaniyatni shakllantirish uchun sharoitlar yaratish; institutning davlat va jamiyat hayotidagi hamda ta'lim tizimidagi nufuzi, obro' -e'tiborini asrab-avaylash va yanada o shirish.
3-modda. Kodeksning amal qilish doirasi
Ushbu Kodeks institutning barcha xodim, talaba va doktorantlariga nisbatan tatbiq etiladi.
2-bob. Kodeksning prinsiplari
4-modda. Institut xodim, talaba va doktorantlari xulqatvorining asosiy prinsiplari
Mazkur Kodeks qonuniylik, fuqarolarning huquqlari, erkinliklari ya qonuniy manfaatlarining ustuvorligi, vatanparvarlik, xizmat va o'qish burchiga sodiqlik, adolat, halollik va xolislik, samaradorlik va tejamkorlik prinsiplariga asoslanadi.
5-modda. Qonuniylik prinsipi
Institut xodim, talaba va doktorantlari O'zbekiston Respublikasi qonunchiligiga so'zsiz rioya qiladilar hamda o'z xizmat va o'qish majburiyatlarini lavozim yo'riqnomalari, mehnat shartnomalari, ushbu Kodeks qoidalari, institut Ichki tartib qoidalari hamda ta'limga oid boshqa me'yoriy hujjatlarga muvofiq bajaradilar.
6-modda. Fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarining ustuvorligi prinsipi
Fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari oliy ta'lim muassasasining oliy qadriyati bo'lib hisoblanadi. Institut xodim, talaba va doktorantlari fuqarolarning huquqlari, erkinliklariva qonuniy manfaatlari buzilishiga yo'l qo'ymaydilar va bunday buzilishlar ro'y bergan hollarda ularni tiklashga ko'maklashadilar.